Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-0 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-0 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Rasman! Maksim Shaskix - "Paxtakor" bosh murabbiyi!

Rasman! Maksim Shaskix - "Paxtakor" bosh murabbiyi!

Baho:
+ | -

"Paxtakor" asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shaskix bilan kelishuvga erishildi.

Futbol bilan shug‘ullanishni "Paxtakor" futbol maktabida boshlagan, professional faoliyatida Kiyevning "Dinamo" klubidagi ajoyib va sermahsul o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Shaskix keyinchalik murabbiylik ishini ham ushbu klubda boshladi. Akademiya jamoalaridan keyin asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Rossiyaning "Rotor" klubida ishladi. Iyun oyidan beri u "Paxtakor"da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Bugun "Paxtakor" futbol klubi va Maksim Shaskix o‘rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida "Dinamo" Kiyevda o‘ynagan Shaskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U katta klubda akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashgan, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni tajribali o‘yinchilar bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlashni yaxshi o‘zlashtirgan.

Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning "Kremen", "Arsenal", "Slavutich", "Karpati", "Lvov", "Vorskla" va LNZ, Rossiyaning "Anji", "Rotor", Gruziyaning "Dinamo" Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan.

Shaskixga yordamchi sifatida Vyacheslav Belyayev ishlaydi. U Ukrainaning "Tavriya", "Metallist", Gruziyaning "Dinamo" (Tbilisi) va Rossiyaning "Rotor" klublarida faoliyat yuritgan. Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiyev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) Shaskixga yordam berishda davom etishadi.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:19, 15.07.2022.
O'qildi: 2813 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.