Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq 1-0 Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay

"Liverpul" tarkibini kuchaytirishi kutilayotgan umidli yoshlar Klopp ishonchini qozondi

"Liverpul" tarkibini kuchaytirishi kutilayotgan umidli yoshlar Klopp ishonchini qozondi

Baho:
+ | -

Yosh iste’dodlar. "Liverpul"ning keyingi mavsumida katta rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan 20 yoshgacha bo‘lgan 3 nafar futbolchiga e’tiboringizni qaratamiz.

"Qizillar" kelasi mavsum uchun o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solishga tayyor. "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yosh futbolchilarga imkoniyat yaratishi bilan nom qozongan. Tarkibga yosh kadrlarni jalb etish orqali kuchli raqobat muhitini yaratish Kloppning fishkasi hisoblanadi. So‘nggi yillarda u ko‘plab o‘smirlarni o‘z jamoasining asosiy a’zolariga aylantirdi, jumladan Trent Aleksandr-Arnold va Jo Gomesni misol sifatida keltirish mumkin.

Nemis mutaxassisi keyingi mavsumda ham ushbu tendensiyani davom ettirishga harakat qiladi. "Qizillar" tarkibida hozirda jamoaning muhim a’zolari bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qancha istiqbolli yoshlar mavjud. Shularni hisobga olib, kelasi mavsumda “Liverpul”da muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan uch futbolchi haqida qisqacha so‘z yuritamiz.

Xarvi Elliott

Xarvi 2019 yil yozgi transfer oynasida 16 yoshida "Fulxem"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi. Yosh futbolchi 2020-21 yilgi mavsum uchun "Blekbern Rovers"ga ijaraga berilgan edi, biroq undan oldin debyut mavsumida "qizillar" tarkibida bir nechta asosiy o‘yinlarda maydonga tushgan. U "Enfild"da ajoyib mavsum o‘tkazdi va 41 ta o‘yinda 7 gol urib, 11 ta golga assistentlik qildi.

Elliott 2021-22 yilgi mavsum oldidan "Enfild"ga qaytdi va darhol o‘zini ko‘rsatdi. U o‘tgan mavsumda "qizillar"ning dastlabki to‘rtta o‘yinida maydonga tushdi va 12 sentyabr kuni "Lids"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat oldi. Angliya terma jamoasining 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchisi taxminan olti oy davomida jarohatidan forig‘ bo‘la olmadi. Biroq, u tezda formasiga qaytdi, mavsumoldi mashg‘ulotlarini to‘liq yakunladi va keyingi mavsumda "qizillar" tarkibida asosiy rol o‘ynashi kutilmoqda.

Fabio Karvalyu

Fabio ushbu transfer oynasi boshida "Fulxem"dan "qizillar" safiga kelib qo‘shildi. Portugaliyalik futbolchi hozirda Premyer-liganing umidli o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.  Karvalyu o‘tgan mavsumda "Fulxem"ning Chempionshipdagi g‘alabasida muhim rol o‘ynadi: 36 o‘yinda 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2021-yil avgust oyida ligada oyning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini oldi. Shuningdek, 2021–22-yilgi mavsum sarhisobiga ko‘ra, ramziy jamoaga kiritildi. 19 yoshli yarim himoyachi shu hafta boshida "qizillar"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi mavsumoldi birinchi o‘yinida ajoyib ko‘rinish oldi. U kelgusi mavsumda "Liverpul"ning asosiy tarkibida o‘zini ko‘rsatishga intiladi.

Kalvin Remsi

"Liverpul" ushbu transfer oynasi boshida Kalvin Remsini "Aberdin"dan 6,5 million funt sterling evaziga sotib oldi. U o‘tgan mavsumda Shotlandiya chempionatida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘z mehnati tufayli futbolchi 2021-22 SFWA yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi mukofotiga erishdi. "Qizillar" uni Trent Aleksandr-Arnoldga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Kiritildi: 09:09, 16.07.2022.
O'qildi: 2818 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.