Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Chelsi" xo‘jayini: "Kulibali dunyoning yetakchi himoyachilaridan biri"

"Chelsi" xo‘jayini: "Kulibali dunyoning yetakchi himoyachilaridan biri"

Baho:
+ | -

"Chelsi" xo‘jayini Todd Byoli senegallik himoyachi Kalidu Kulibalining transferi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun London klubi "Napoli"dan 31 yoshli futbolchi transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi "Chelsi" bilan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan to‘rt yillik shartnoma tuzdi va transfer summasi taxminan 40 million yevroni tashkil qildi.

“Kalidu Kulibali dunyodagi kam sonli elit himoyachilaridan biri. Kiyinish xonasida yetakchi va boy tajriba hamda sifatlarga ega bo‘lgan namunali o‘yinchi, bu bizning jamoamiz va butun klub uchun foyda keltiradi", - dedi Byoli "Chelsi" rasmiy saytiga.

O‘tgan mavsumda Kulibali neapolliklar safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 11:42, 16.07.2022.
O'qildi: 1611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик