Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Muhammad Sultonov: «Yo‘q, «jonli qopcha» emasmiz...»

Muhammad Sultonov: «Yo‘q, «jonli qopcha» emasmiz...»

Baho:
+ | -

Tojikistonlik Muhammad Sultonov Rossiya MFL (Milliy futbol ligasi)ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

Aytish joiz, quyi ligada jami 248ta o‘yin o‘tkazgan, RPLdagi deb­yutini «Rotor»da nishonlashga ulgurgan 29 yoshli vinger «Torpedo»da chinakamiga ochildi. O‘tgan mavsum 30ta o‘yinda 15ta gol urgan Sultonov endi RPLni zabt etishga shaylanmoqda. Tojikistonlik yarim himoyachi «SE» muxbiri bilan suhbatda buni yashirib o‘tirmadi.

- Avvalo, o‘tgan mavsum haqida - «Torpedo»ning shunday muvaffaqiyati kutilganmidi?

- Klub uchun ajablanarli tomoni yo‘q. Zero, mavsum boshida oldimizga RPLga chiqish vazifasi qo‘yilgandi va yakunda buni bajardik.

- Odatda Rossiya klublari yozda yig‘in uchun Avs­triya yoki boshqa mamlakatga borardi...

- Hozir Moskvada shug‘ullanyapmiz. Ehtimol, maydon sifati Yevropanikidan biroz pastdir, lekin boshqa masalalarda hammasi o‘xshash. Yig‘inlarda hamisha og‘ir yuklamalar beriladi. Qisqasi, qayerda ishlashning katta far­qi yo‘q.

- Bunga qadar «Rotor»ning RPLdagi o‘yinlarida qatnashgansiz, endi «Torpedo» bilan yuqoriga qayt­dingiz...

- «Rotor»ning atigi 6ta o‘yi­nida ishtirok etib, sentyabr oyidayoq «Nijniy Novgorod»ga ko‘chib o‘tgandim. Endi yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, munosib o‘ynashni xohlayman. Biz shunchaki, «jonli qopcha» bo‘lmoqchi emasmiz, bo‘lmaymiz ham. O‘ylaymanki, nimalarga qodirligimizni boricha ko‘rsata olamiz. 

- Rahbariyat yangi mavsum uchun jamoa oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

- Hozircha bu borada aniq gap yo‘q. Hammasi keyinroq muhokama qilinsa kerak.

- 1-turdagi raqib - «Sochi» haqida nimalarni bilasiz?

- Yaqinda jamoa boshqaruvini Vadim Garanin qo‘lga oldi. Uni «Enisey»dagi ishidan bilaman - «tiki-taka» uslubiga tayanadi. Qisqasi, «Sochi» xuddi «Enisey» kabi o‘ynaydigan bo‘lsa, unga qanday qarshilik ko‘rsatishni yaxshi bilamiz.

- «Torpedo»ning o‘z stadio­nida o‘ynamasligi mushkulot tug‘dirmaydimi?

- Nega o‘zimizniki emas ekan? «Torpedo» an’anaviy  tarzda «Lujniki»da o‘ynaydi. Shaxsan men «Vostochka»da hali o‘ynagan emasman. Ha, bu arena «Torpedo» bilan bog‘langan har bir kishi uchun qadrdon uy maqomida, ammo u yerda hozircha rekonstruksiya ketmoqda. Biz uchun asosiysi - qayerda o‘ynashdan qat’iy nazar, muxlislarni quvontirish.

- Aleksandr Kerjakov «Nijniy Novgorod»dan ketdi. «Torpedo»ga o‘tishdan oldin aynan uning qo‘l ostida shug‘ullangansiz. Kerjakovning bosh murabbiy sifatidagi fao­liyatini qanday baholaysiz?

- Murabbiy ishiga klub rahbarlari baho berishlari kerak, har holda, bu mening vakolatimga kirmaydi. Bilishimcha, Kerjakov zimmasiga klubni RPLda olib qolish vazifasi qo‘yilgandi va u buni uddaladi.

D.Alimov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:40, 16.07.2022.
O'qildi: 1719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.