Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

"Real"ning eng yaxshi to‘purarlari

"Real"ning eng yaxshi to‘purarlari

Baho:
+ | -

 "Real Madrid" o‘zgacha klub, uni "qirollik" klubi deb bejiz aytishmagan. "Real Madrid"ning "qirol" to‘purarlarini eslab o‘tsak arziydi. Albatta bu ro‘yxatda 5 ta futbolchi bilan tanishib chiqamiz. Ulardan tashqari ham "galaktikos" tarkibida ajoyib futbolchilar to‘p tepgan.  

5-o‘rin: Karlos Santillyana
Klubdagi yillar: 1971-1988.
O‘yinlar: 645.
Gollar: 290.

Agar siz "Real Madrid"ga muxlis bo‘lmasangiz va 40 yoshga kirib ulgurmagan bo‘lsangiz, unda Santilyana nomi sizga begona bo‘lishi mumkin. Ammo "qirollik klubi" uchun afsona. "Real Madrid" bilan 17 mavsum, 16 ta sovrin, jumladan 9 ta chempionlik va ikkita UYEFA kubogi, shuningdek, klubning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida beshinchi o‘rin.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida Santilyana 56 o‘yin o‘tkazib (15 gol), ikkita jahon va ikkita Yevropa chempionatlarida qatnashgan.

4-o‘rin: Alfredo di Stefano
Klubdagi yillar: 1953-1964.
O‘yinlar: 396.
Gollar: 308.

Alfredo di Stefanoni hamma biladi. Bir vaqtning o‘zida hujumlar yaratuvchisi, o‘yin dirijyori bo‘lgan va ayni paytda ko‘p gol urgan betakror futbolchi. Ketma-ket beshta Chempionlar Kubogini qo‘lga kiritgan 60-yillarning afsonaviy "Real Madrid"ining asosiy figurasi.

Pele va di Stefano o‘rtasidagi taqqoslash keng tarqalgan: "Pele faqat bir musiqachi, di Stefano esa butun orkestrdir".

3-o‘rin: Raul Gonsales
Klubdagi yillar: 1994-2010.
O‘yinlar: 741.
Gollar: 323.
Mashhur Raul Gonsalesga Ispaniya terma jamoasida omad kulib boqmadi, ammo klub darajasida u "Real Madrid" bilan 16 ta sovrin, jumladan 6 ta chempionlik va 3 ta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Florentino Peres o‘zining mashhur "Galaktikos" loyihasini boshlaganida, Raul jamoadagi o‘z o‘rnini saqlab qolgan klubning kam sonli futbolchilaridan biri edi. "Galaktikos"dan keyin esa u jamoa yetakchisi bo‘lib qoldi.

2-o‘rin: Karim Banzema
Klubdagi yillar: 2009 yildan hozirgacha.
O‘yinlar: 605.
Gollar: 323.

Karim Banzema "Real"ga o‘tgan paytda u "qirollik klubi" darajasiga to‘g‘ri kelmaydigandek edi. Keyinchalik fransuzga "golli vaziyatlar qotili" degan haqoratli laqab ham berildi.

Ammo Banzema, xuddi yaxshi sharob kabi, yillar davomida faqat yaxshilandi va Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin u haqiqiy jamoa etakchisiga aylandi. Agar 2021-2022 yilgi mavsum yakunida Karimga "Oltin to‘p" berilmasa, bu sovrinning ahamiyati yo‘qoladi. 

1-o‘rin: Krishtianu Ronaldu
Klubdagi yillar: 2009-2018.
O‘yinlar: 438.
Gollar: 450.

Ammo Krishtianu Ronaldu havas qilsa arziydigan sovrinlar to‘plamidan tashqari, "Real Madrid" futbolchisi sifatida to‘rt marta futboldagi eng nufuzli shaxsiy sovrinni qo‘lga kiritdi.

Krish fenomeni uzoq vaqt davomida turli tadqiqotlar mavzusi bo‘ladi. Men sizga bir nechta raqam beraman. Portugaliyalikning klubdagi 9 yillik faoliyati davomida bir mavsumda minimal gollar soni 36 ta (birinchi mavsum), o‘rtacha ko‘rsatkichi esa har bir o‘yinda 1,03 ta gol. Demak, "Real"ning "eng yaxshi to‘purarlari" nominasiyasida birinchi o‘rin shubhasiz Krishtianuga berildi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:46, 17.07.2022.
O'qildi: 5770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.