Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
25/04 21:30 Al-Hilol 7-0 Kvangju
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino

Fabio Kapello: «Ibra van Bastendan o‘rnak olgan»

Fabio Kapello: «Ibra van Bastendan o‘rnak olgan»

Baho:
+ | -

«Rossoneri»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Fabio Kapello GameInsight nashriga intervyu berdi. Quyida ushbu suhbat bilan tanishishingiz mumkin.

- Faoliyatingizdagi eng muvaffaqiyatli davr qaysi? 

- «Milan»ni Sakki tark etganidan keyin, ya’ni jamoadagilar u bilan boshqa ishlashni istamasliklarini aytishgan paytlari, men keldim va biz «engilmaslar»ga aylangandik. O‘shanda 58ta mag‘lubiyatsiz o‘yindan iborat seriyani qayd etgandik, albatta, Chempionlar Ligasi finalidagi ajoyib g‘alabani ham hisobga olganda. Boshqa klublarda ham jamoaga ko‘p narsa olib kelganman. «Roma» bilan chempionlikni qo‘lga kiritdim. Keyin Madridga, «Real»ga o‘tdim va uch yillik bo‘shliqdan so‘ng kubokni qo‘lga kiritdik. «Yuve»da ham g‘alaba qozonganman. Qayerda ishlamay, foyda keltirganman.  

- Zlatan Ibrahimovichning bugungi darajasiga chiqishida sizning hissangiz bor, deyishadi... 

- Ibrahimovichning hikoyasi juda chiroyli. Bu yigit haqida eshitgandim. «Roma» Berlinda «Ayaks»ga qarshi o‘ynadi. Asosiy tarkibda uni topolmagach, ikkinchi bo‘limda maydonga tushishini angladim. Tanaffusga chiqish vaqti kelganida yigitlarni kiyinish xonasiga jo‘natib, uning chigalyozdi mashg‘ulotini kuzatish uchun maydonda qoldim. Zlatanning to‘p bilan muomalasini ko‘rib, ajoyib texnikasi borligini angladim. Keyin u maydonga chiqdi va o‘ylaganimdan-da ko‘proq narsalarni ko‘rdim. Sizga qarshi o‘ynaganlarni hisobga olgan holda taxminlar qilishingiz mumkin. Kuchsiz raqibga qarshi turganda maqtanish oson. Ammo o‘shanda menda yaxshi jamoa bor edi, chunki chempionlikni qo‘lga kiritgandik va Ibragimovich meni hayratda qoldirdi. Keyin «Yuventus»ga o‘tdim, u yerda birgina hujumchiga ega edim - Trezege. Direktorlardan Ibragimovichni sotib olishlarini so‘radim. Biz uni to‘rt yil davomida to‘lash sharti bilan 16 million dollarga xarid qildik. «Ayaks» unda ma’lum fazilatlarni ko‘rdi, lekin to‘liq emas. Bo‘lmasa, darhol 16 million so‘ragan bo‘lardi. U keldi va birga ishlay boshladik. Ibra zarba berish va havodagi kurashlarda unchalik yaxshi emasdi. Iste’dod bo‘lsada, uni rivojlantirish ma’lum vaqtni talab etadi. Zlatan ancha tez rivojlandi. Menda van Bastenning barcha gollari yozilgan videokasseta bor edi. Ibrani yonimga chaqirib, buni diqqat bilan ko‘rib chiqishini aytdim. U ko‘rgan narsasini o‘ziga singdirdi va haqiqiy to‘purar va assistentga aylandi. Uni bilganim uchun ayta olamanki, hali uzoq vaqt o‘ynay oladi. 40 yoshida chinakamiga maydonga tushish istagi bilan yonayotgan ko‘zlarini ko‘rish tahsinga loyiq. Zlatan har doim birinchi raqamli, yetakchi bo‘lishni xohlaydi. Ammo maydondagi va kiyinish xonasidagi yetakchi o‘rtasida katta farq bor. Zlatan bu borada yagona, chunki u hamma joyda yetakchi. U bilan gohida gaplashib turamiz, so‘nggi kitobi taqdimotida ham qatnashdim. Ibra minnatdorchilik bildirish maqsadida meni sahnaga chaqirdi. Chunki iste’dodini yuzaga chiqarganimni biladi, u maydonda porlay oldi. 

- Jennaro Gattuzo bilan ishlashni afzal ko‘rasizmi yoki Andrea Pirlo bilan? 

- Ular turlicha uslubga ega, lekin birgalikda mukammaldirlar. Har bir murabbiy o‘rta chiziqda shunday tandemga ega bo‘lishni orzu qiladi. Biri ajoyib tasavvurga ega va o‘yini boshqa hech kimnikiga o‘xshamaydi. Yana biri esa aql bovar qilmaydigan darajada katta hajmdagi ishni bajaradi. Bu farqli xususiyatlar.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:28, 18.07.2022.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz