Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bunyodkor» ikki futbolchi bilan kelishuvga erishdi

«Bunyodkor» ikki futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni Belarus poytaxti Minsk shahrida davom ettirayotgan «Bunyodkor»ning mashg‘ulotlariga ertaga ikki nafar futbolchi kelib qo‘shiladi.

Bugun tajribali, muxlislarga yaxshi tanish tayanch yarim himoyachi Akbar Ismatullayev va bo‘ydor himoyachi Jasur Yoqubov bilan kelishuvga erishildi. Har ikkala futbolchi ham ertaga Minsk shahriga yetib boradi va mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.

«Davolanishlar sababli ma’lum muddat maydonga tusha olmagan bo‘lsamda, hozir hammasi joyida, jarohatimdan to‘liq qutilganman. Ayni vaqtda jismoniy holatim a’lo darajada. Buni mavsumning ikkinchi qismida amalda isbotlayman. Jamoaning g‘alabalariga va muvaffaqiyatiga o‘zimning hissamni qo‘shib, mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlash uchun bor kuchim bilan harakat qilaman», - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Akbar Ismatullayev.

Ma’lumot o‘rnida. Akbar Ismatullayev "Paxtakor" klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009-2017 yillarda "sherlar" sharafini himoya qilgan. Akbar so‘nggi yillarda "Metallurg" safida to‘p tepib kelayotgandi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 05:27, 19.07.2022.
O'qildi: 2892 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.