Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Dzyudo. O‘smirlarimiz birinchi kundanoq qit’a birinchiligida peshqadamga aylanishdi

Dzyudo. O‘smirlarimiz birinchi kundanoq qit’a birinchiligida peshqadamga aylanishdi

Baho:
+ | -

Tailandning Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Ortda qolgan birinchi kun dasturida o‘smirlarimiz sakkizta medalga sazovor bo‘lishdi.

Vakillarimiz orasida Anvarjon Ibragimov (-55 kg), Shohjahon Otaboyev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Umidaxon Burxonjonova (-44 kg) oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Sardor Himmatov (-60 kg), Sevinch Murodova (-48 kg) hamda So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsalar, Saddam Husanov (-66 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa, birinchi kundanoq vakillarimiz umumjamoa hisobida peshqadamlikni qo‘lga olishdi. Bugun o‘smirlar o‘rtasida og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:59, 19.07.2022.
O'qildi: 3618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик