"Tottenxem" "Midlsbro" himoyachisi Jed Spens bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Transfer summasi aniqlanmagan. "Shporlar" 21 yoshli ingliz futbolchisi bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladi.
2021/22 yilgi mavsumda Spens "Nottingem Forest"da ijara asosida o‘ynadi. Futbolchi "o‘rmonchilar" safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt.com portali himoyachining narxini 8 million yevroga baholamoqda.