“Gerta” hujumchisi Kshishtof Pyontek Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. 27 yoshli polshalik futbolchiga ikki klub da’vogarlik qilmoqda - "Torino" va "Salernitana", deb xabar beradi Sky Italia.
2021/22 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Pyontek "Fiorentina"da ijara asosida o‘ynadi va jamoa uchun 18 o‘yinda 6 gol urdi.
Shuningdek, Italiyada Pyontek "Jenoa" va "Milan"da o‘ynagan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.