"Real Sosyedad" himoyachi Robin Le Norman bilan shartnoma imzoladi. 25 yoshli fransiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Le Norman 2016 yilda "Brest"dan "Real Sosyedad"ga o‘tgan edi. U klub safida jami 136 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













