"Barselona" bosh murabbiyi Xavi AQSHga yetib bordi va klub boshqaruvini yana o‘z qo‘liga oldi, deb xabar beradi Marca.
Oldinroq ispaniyalik mutaxassis Eronga tashrif buyurgani uchun AQSHga kiritilmagandi. Xavi Qatarning “As-Sadd” klubi futbolchisi bo‘lganida bu mamlakatga uch marta tashrif buyurgan.
Kataloniyalik murabbiy "Barselona"ning "Inter Mayami"ga qarshi birinchi o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Xavi o‘z jamoasi bilan ishlashni boshlashi va Las-Vegasda "Real"ga qarshi o‘yinga tayyorlana olishi mumkin.