Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" Marsyalning kelajagi borasida qaror qabul qildi

"Manchester Yunayted" Marsyalning kelajagi borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bu yozda hujumchi Antoni Marsyalni sotmaslikka qaror qildi.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik Ten Xag jamoa Bangkokdagi yig‘inga uchib ketishidan oldin shunday qarorga kelgan.

26 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 16 million yevroga baholamoqda.

Marsyal o‘tgan mavsum yanvar oyidan boshlab "Sevilya"da ijara asosida o‘ynagandi. U ispan jamoasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:44, 22.07.2022.
O'qildi: 3100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик