Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayaks" "RB Leypsig" hujumchisini sotib oldi

"Ayaks" "RB Leypsig" hujumchisini sotib oldi

Baho:
+ | -

Amsterdamning “Ayaks” va “RB Leypsig” klublari hujumchi Brayan Brobbi transferi borasida kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

20 yoshli futbolchining transferi uchun amsterdamliklar 16,3 million yevro to‘laydi. Yana uch millioni hujumchining shaxsiy yutuqlari uchun bonus to‘lovlari sifatida taqdim etiladi.

Brobbining "Ayaks" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Brayan o‘tgan yozda "RB Leypsig"ga o‘tgan, biroq olti oy o‘tib "Ayaks"ga ijara asosida qaytgandi. U amsterdamliklar safida 32 ta jang o‘tkazib, 13 ta gol urgan.

Kiritildi: 13:08, 22.07.2022.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.