Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Italiyadagi eng yorqin yozgi transfer. Mourinyo ko‘plab raqiblarini ajoyib tarzda mag‘lub etdi

Italiyadagi eng yorqin yozgi transfer. Mourinyo ko‘plab raqiblarini ajoyib tarzda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

U bilan ishlash uchun Dibala Chempionlar ligasini qurbon qildi.
Yulduzli hujumchi Paulo Dibala yangi klubi borasida bir qarorga keldi. Argentinalik futbolchi yetti yil o‘ynagan “Yuventus”ni tark etib, “Roma” bilan shartnoma imzoladi. Kimdir bunday tanlovdan hayratga tushishi mumkin, chunki poytaxt klubi kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi. Ammo Dibalaga da’vo qilgan boshqa jamoalar Yevropadagi eng nufuzli klub turnirida qatnashishadi. Hozir biz Italiyadagi eng yorqin yozgi transferni tahlil qilamiz.

Nega Dibala "Yuventus"ni tark etdi

Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin Dibala Turin klubining asosiy hujumkor yulduziga aylandi. Biroq, bu uzoq davom etmadi. Mavsum oxirida Paulo shartnomasi tugashi sababli "Yuventus"ni tark etdi. Tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2021 yilda “Yuventus” futbolchiga katta maosh (yiliga 11 million yevro) bo‘lgan shartnoma taklif qildi, biroq bir necha oydan keyin vaziyat o‘zgardi. Muzokaralarning so‘nggi bosqichida butunlay boshqacha miqdor paydo bo‘ldi - 5,5 million yevro.

Natijada Dibala jamoani erkin agent sifatida tark etdi. Bu fakt Turin klubi rahbariyati va muxlislarini ranjitgani shubhasiz. Argentinalik futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi (ma’lumotlar – Transfermarkt asosida) va bunday vaziyatda hech qanday tovon olmaslik juda achinarli. Yetti yil oldin "Yuve" Dibala uchun 41 million yevro ajratgan edi va endi uni tekinga qo‘yib yuborishdi.

Mavsumning so‘nggi uy o‘yini oldidan Paulo ijtimoiy tarmoqda xayrlashuv postini yozdi: “Hayrlashish uchun to‘g‘ri so‘z topish qiyin. "Yuventus" bilan uzoqroq birga bo‘lamiz deb o‘ylagandim, ammo taqdir bizni turli yo‘llarga olib boradi. Bu klubda boshidan kechirganlarimni hech qachon unutmayman. Men har bir o‘yin, har bir golni eslayman. Bu klubda men ulg‘aydim, o‘qidim, yashadim va kelajakni orzu qilardim. Bu yetti yil sehrli, 12 ta sovrin va 115 ta golni hech kim xotiramizdan o‘chirib tashlamaydi. Hech qachon".

"Lasio" bilan o‘yindan keyin (2:2) Dibala muxlislar bilan xayrlashayotganda ko‘z yoshlarini tiya olmadi. “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchiga hurmat bajo keltirdi: “Paulo yetti yildan beri “Yuventus”ning muhim futbolchisi. U bu yerga bolaligida kelgan va men uning shunday futbolchi bo‘lib yetishishiga yordam bergandek his qilaman. Dibala har doim barqaror o‘yin darajasini ko‘rsatgan va ishtiyoq bilan harakat qilgan. U muxlislar tomonidan munosib hurmatga sazovor."

Futbolchi uchun qaysi klublar kurash olib borgan?

May oyi oxirida argentinalik futbolchidan yangi klubi haqida so‘ralganda, o‘zi uchun hali hech narsa qaror qilmaganini aytdi. Shu bilan birga, Paulo eng yaxshi variantni tanlashini ta’kidladi. Yulduzli futbolchiga asosiy da’vogar "Inter" hisoblanardi. Milan klubi bosh direktori Beppe Marotta Pauloning "ko‘k-qoralar" safida bo‘lishiga umid bildirdi. Mashhur italiyalik insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, “Inter” vise-prezidenti Xavyer Zanetti Londonda Dibala bilan shaxsan uchrashgan. Futbolchiga yiliga 6 million yevro maosh bilan "3+1" sxemasi bo‘yicha shartnoma taklif qilingan.

Iyun oyida "Inter" vakillari Dibalaning atrofidagilar bilan muntazam muzokaralar olib borishgan. Marotta klub futbolchining transferi ustida ishlayotganini tasdiqladi, biroq hammasi moliyaviy ahvolga bog‘liq edi. Argentina OAVlarining xabar berishicha, Dibala shartnomaning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan, ammo keyinroq Correira Dello Sport yangi ma’lumotlarni taqdim etgan. Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining maoshi borasida murosaga kelishmagan.

"Tottenxem" ham Dibalaning transfer variantini ko‘rib chiqdi. Klub sport direktori Fabio Paratichi argentinalikni juda yaxshi biladi, u avvalroq futbolchi bilan “Yuventus”da ishlagan. U vinger bilan muzokara olib bordi, ammo tomonlar hech qanday kelishuvga erishmadi. Daily Mail nashrining yozishicha, sabab bir xil – pul. Paulo yuqori maosh (haftasiga taxminan 330 ming yevro) bo‘lgan shartnomaga ishondi, ammo bu shartlar London klubi vakillariga mos kelmadi.

“Milan” ham Dibala uchun da’vogarlar qatoriga kirdi. Gazette Dello Sport nashri "Inter" Romelu Lukakuni qaytarganidan so‘ng, Italiya chempionining futbolchiga qiziqishi haqida yozdi. Milan bu holat uning Dibalani sotib olish imkoniyatini oshirishiga umid qilgan. Italiya klubi rahbariyati futbolchi moliyaviy talablarni kamaytirsa, shartnoma taklif qilishga tayyor edi. Jurnalist Nikolo Skira keyinroq "Milan" bu variantni umuman ko‘rib chiqmaganini ta’kidladi.

Hujumchiga yana bir da’vogar sifatida "Napoli" ko‘rsatilgan. Mavsum oralig‘ida klub bir qancha yetakchi futbolchilarini (Lorenso InsinYE, Kalidu Kulibali, Dris Mertens) yo‘qotdi va o‘z safiga yulduz futbolchini qo‘shishga umid qildi. "Napoli" rahbariyati bunday qadam bilan jamoaning bozordagi ishidan norozi bo‘lgan muxlislarning g‘azabini so‘ndirishga umid qilgandi. Neapolliklarning sport direktori Kristianu Jiuntoli Dibalaning vakillari bilan bog‘langanidan so‘ng transfer amalga oshmasligini bildi.

Nega Dibala "Roma"ni tanladi?

May oyi oxirida Rim klubi afsonasi Franchesko Totti Paulo haqida iliq fikrlar bildirdi va futbolchiga 10-raqamli "Roma" libosini taklif qildi. Dibala italiyalikni kumir deb atadi va unga maqtovlar uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘shanda argentinalik Italiya poytaxtida bo‘lishini juda kam odam his qilgandi. Bir oy o‘tgach, Totti Sky Sports Italia nashriga bergan intervyusida hujumchi bilan shartnoma imzolash ehtimoli juda kam ekanligini aytdi. "Endi Dibala boshqa klubda o‘ynaydi. Uning “Roma”ga kelishiga umid qilgandim, - dedi jahon chempioni.

Iyul oyida futbolchi uchun "Roma" va "Napoli" taklif bilan chiqqani ma’lum bo‘lgandi. Neapolliklar klubi futbolchiga yuqori maosh taklif qildi, ammo futbolchining "Roma"ga o‘tishida Joze Mourinyo asosiy rol o‘ynadi. Portugaliyalik murabbiy shaxsan Dibalaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Rim klubi bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirgan. Joze hozirda poytaxt jamoasi tomonidan qurilayotgan loyihani rang-barangligini qayd etdi. Paulo Neapolga borishni istamadi, chunki unga "Napoli"ning uch yetakchisi ketishi va transfer bozoridagi passiv ishi yoqmadi.

- “Roma”ning meni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan tezligi va qat’iyati hal qiluvchi rol o‘ynadi. Men o‘sib borayotgan jamoaga qo‘shilaman. Kelajak uchun mustahkam poydevor qo‘yishda davom etayotgan klubga. Va Joze Mourinyo, u bilan ishlash men uchun katta sharafdir”, - dedi Dibala “Roma”ga o‘tish haqida.

Ma’lum bo‘lishicha, Mourino barcha raqiblarini mohirlik bilan mag‘lub etgan. "Yuventus", "Napoli" va "Milan"ning ikkala klubi keyingi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydi, ammo Dibala boshqa jamoani tanladi. "Napoli" futbolchiga ko‘proq pul taklif qildi, ammo Mour futbolchi bilan "maxsus" bilan gaplashgach, u Rim klubiga o‘tdi. Yangi mavsumda Dibala Chempionlar ligasidan tashqarida bo‘ladi, lekin uni qo‘lga kiritishni juda xohlagan murabbiy qo‘l ostida o‘ynaydi.

Championat.com sayti ma'lumotlari asosida Abduburxon Mamajonov tarjimasi.

Kiritildi: 19:08, 22.07.2022.
O'qildi: 4082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.