Yurgen Klinsmann Robert Levandovskining "Bavariya"dan ketishi haqida gapirdi. 33 yoshli hujumchi "Barselona"ga o‘tdi.
"O‘ylaymanki, qisqa muddatda biroz qayg‘u bo‘ladi. Bir-ikki oy shunday bo‘ladi, keyin esa "Bavariya"ning barcha muxlislari, klub, unda ishtirok etganlarning barchasi Robertdan qilgan ishlari uchun abadiy minnatdor bo‘lishadi.
U albatta klub tarixidagi eng buyuk afsonalardan biriga aylanadi, eng hayratlanarli, eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilardan biriga aylanadi.
U qaytib kelganida rahmat aytish imkoniyati bo‘ladi. Balki bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib, u yerda "Bavariya" muxlislari tomonidan ajoyib kutib olinishi mumkin", — deydi Klinsman.