Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Andijon» darvozaboni: «Klubimiz va Superliga jamoalari o‘rtasidagi farq katta emas»

«Andijon» darvozaboni: «Klubimiz va Superliga jamoalari o‘rtasidagi farq katta emas»

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining Toshkentdagi tayyorgarlik jarayoni reja asosida davom ettirilmoqda. Futbolchilar murabbiylarning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishyapti.

Jamoaning ishonchli darvozabonlaridan biri Eldor Adhamov tayyorgarlik va o‘rtoqlik uchrashuvlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
 
— Avvalo, “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, bunaqa uchrashuvlar natija uchun o‘ynalmaydi, - deya gap boshladi, Adhamov. - Jismoniy og‘ir yuklamalardan so‘ng asta-sekin maydonda shug‘ullanishni boshladik. Bu Toshkentda yig‘in boshlaganimizdan keyingi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Bunday bahsda kamchiliklar ko‘zga tashlanishi tabiiy hol edi. Boz ustiga aralash tarkib o‘ynadi. Hamma futbolchilar bir taymdan o‘ynadi. Mana shunaqa uchrashuvlar orqali oldingi sport formamizni tiklab boramiz. Asosiysi, bu kabi bellashuvlar xatolarni ko‘rib olish maqsadida o‘tkaziladi. Natijadan mutlaqo fojea yasash kerak emas.

— Jamoaning yozgi yig‘ini ko‘ngildagidek o‘tyaptimi?
— Birinchi yig‘inimizni tog‘da o‘tkazib, jismoniy tayyorgarlik ustida ishladik. Toshkentda texnik-taktik va to‘p bilan muomala qilish bo‘yicha o‘z ustimizda mehnat qilyapmiz. Barchasi reja bo‘yicha ketyapti. Mana shunday uchrashuvlar va mashg‘ulotlar orqali sport formamizni asta-sekin tiklab boramiz. Rasmiy bahsgacha tayyor bo‘lamiz.

— Superliga bilan pro liga klublari o‘zaro bellashganda farq qanchalik, deb o‘ylaysiz?
— Qolgan jamoalarda qanaqa bilmadimu, lekin aynan bizning klub bilan solishtirganda farq katta emas. “Metallurg” bilan bahsning birinchi bo‘limida ko‘rindiki, kerak paytda ustunlik ham qildik. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizni xatolarimiz evaziga gollar o‘tkazdik va yigitlar jismoniy yuklamalar bilan o‘ynayotgani evaziga biroz toliqib qolishdi. Tarkibimizdagi aksariyat futbolchilar yaxshi saviyada. Deyarli farq bilinmayapti.

— Xizmatingizga boshqa klublardan ham qiziqishlar bo‘ldimi?
— Bir-ikkita jamoalar qiziqish bildirishdi. Ammo men “Andijon”da qolib jamoani Superligaga qaytarish yo‘lida yordam berishni xohlayman.
 
— Avgustdan mavsumning qolgan qismi davom ettiriladi. Butun e’tibor shunga qaratilgan. Nima kutyapsiz?
— Jamoamizga yangi futbolchilar kelishni boshladi. Mana, Suhrob Berdiyev qo‘shildi. Yana bir-ikkita ijrochilar qo‘shilsa ajab emas. Biz sport formamizni tiklab boryapmiz. Xudo xohlasa, mavsumning ikkinchi qismiga har tomonlama kuchayamiz. Optimal formaga qaytishimizga 100 foiz ishonaman. Bizda barchasi o‘z vaqtida boshlandi. Yuqorida aytdim, tayyorgarlikning birinchi bosqichida jismoniy yuklamalar oldik, ikkinchi yig‘inda texnik taraflama ishlayapmiz. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. O‘rtoqlik o‘yini bilan rasmiy o‘yin boshqa-boshqa. Biz yanada kuchayamiz va hammasi yaxshi bo‘ladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:14, 23.07.2022.
O'qildi: 1281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.