"Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyad Mahrez "Bavariya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bavariya" har doim top-klub bo‘lgan. Biz ajoyib jamoaga qarshi o‘ynashimiz kerak. Biz o‘yinga unchalik tayyor emasmiz, lekin bu jamoa uchun ajoyib mashg‘ulot bo‘lishi kerak», - deya Mahrezning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Riyad Mahrez yaqinda "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi.