“Napoli”ning yetakchi futbolchilaridan biri Viktor Osimxen neapolliklar jamoasini tark etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, nigeriyalik futbolchiga Premyer-liga klublari va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
"Transfermi? Neapolda hamma narsa menga mos keladi. Bu yerda hamma narsa ajoyib. Men bu shaharda baxtliman", - dedi afrikalik to‘purar.
23 yoshli hujumchi "Napoli"da 2020 yildan buyon o‘ynaydi. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi yana uch mavsum davom etadi.
A Seriyadagi so‘nggi durangda Viktor 27 uchrashuvda 14 ta gol urdi.