Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Akbar Usmonov: «Bu gal Osiyo chempioni bo‘lmoqchimiz»

Akbar Usmonov: «Bu gal Osiyo chempioni bo‘lmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Ortda qolgan mavsum futzal bo‘yicha Birinchi ligada Jizzaxning «BMB» jamoasi chempion bo‘lib, Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Nodir Eliboyev bosh murabbiyligidagi jamoa yangi mavsumda o‘z oldiga Oliy liga chempionligini vazifa qilib qo‘ymoqchi. Shundan kelib chiqib, qator transferlarga qo‘l urildi, xususan, «Lokomotiv»dan Akbar Usmonov taklif etildi. Maxsus muxbirimiz yakuniga yetgan mavsum chempionat to‘purariga aylangan futzalchi bilan suhbatlashdi.

- Akbar, «BMB» bilan shartnoma imzolashingizga nima turtki bo‘ldi?

- Bu jamoa Oliy ligaga chiqqanidan so‘ng bosh murabbiy Nodir Eliboyev taklif bilan chiqdi. Ko‘rinib turibdiki, «BMB» o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan. Har holda, milliy terma a’zolarini o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Qolaversa, yaratilgan sharoitlar ham menga yoqdi va klub bilan shartnoma imzoladim. 

- Sizningcha, «BMB» Oliy ligada chempionlik uchun kurasha oladimi?

- Yuqorida aytganimdek, jamoa o‘z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo‘ygan. Bu yo‘lda tarkib kuchaytirilmoqda va Oliy liga chempionligi ko‘zlanmoqda. Biz buni amalga oshirish va yangi jamoaning o‘z tarixini yozishiga ko‘maklashmoqchimiz. 

- «Lokomotiv»ni tark etish qiyin kechmadimi?

- Yakunlangan mavsum «temiryo‘lchilar» bilan ajoyib mavsumni o‘tkazdim. Garchi sovrinli o‘rinlarni egallay olmagan bo‘lsak-da, men uchun mavsum ko‘ngildagidek o‘tdi. Shu o‘rinda ularga qarorimni to‘g‘ri tushunishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. «Lokomotiv»ga keyingi mavsum chempionat bahslarida omad yor bo‘lishini tilayman. 

- O‘tgan mavsum «Lokomotiv» libosida chempionat to‘purariga aylangandingiz. «BMB» bilan ham buning uddasidan chiqa olasizmi?

- Albatta, ha. Lekin men uchun jamoa manfaati birinchi o‘rinda turadi. Agar gol urishda davom etsam, to‘purarlikni qo‘lga kiritishga urinib ko‘raman. Asosiysi, jamoamiz g‘alaba qozonishda davom etin. Tabiiyki, gollarim bilan «BMB»ga yordam berishni istayman. 

- Sobiq jamoangizda moliyaviy muammolar ko‘zga tashlandimi?

- Kuzatildi. Aynan shu sabab chempionlikdan mosuvo bo‘ldik, ko‘p ochkolar yo‘qotdik. Moliyaviy muammolar natijalarimizga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Oxirgi vatqlarda shu masala jamoalar ishtirokiga xalaqit qilyapti. 

- So‘nggi paytlarda tez-tez jamoa almashtirayotganingizga sabab nima?

- Albatta, buni o‘zim istamayman. Lekin ko‘p hollarda moliyaviy muammolar tufayli shunday yo‘l tutishimga to‘g‘ri kelyapti. Jamoalarda ayni holatlar kuzatilayotgani sababli futzalchilar yaxshiroq sharoitdagi jamoalarga yo‘l olishmoqda.

- Eshitishimizcha, yaqinda terma jamoadagi sherigingiz Dilshod Rahmatovga Indoneziya klubidan taklif bo‘lgan. Sizda ham shunday chorlovlar bo‘lganmi?

- Bilasizmi, termadagi barcha futbolchilarga bunday takliflar bo‘ladi. Jumladan, menga ham. Lekin hammasi ham moliyaviy tomonlama yaxshi, deya olmayman. Chetdan qulay sharoitga ega taklif tushsa, uni o‘ylab ko‘rib, bir qarorga kelish mumkin. 

- Tez orada Quvaytda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanadi. Termamiz o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygan?

- Bu gal Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish niyatidamiz. Albatta, bu oson bo‘lmaydi. Lekin tinimsiz mehnat qilib, maqsadimizni amalga oshirmoqchimiz. Oldimizda vaqt bor, tayyorgarlikni kuchaytirib, musobaqaga yo‘l olamiz.

IZZATBEK suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:15, 25.07.2022.
O'qildi: 1705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.