"Bavariya" mazkur yozgi transfer paytidagi navbatdagi xaridni amalga oshirdi. "Renn" klubi qanot himoyachisi Matis Tel myunxenliklar safiga o‘tdi. Bu haqda "Bavariya" klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Bavariya" 17 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro to‘ladi. Shuningdek, yana 8,5 million yevro bonus sifatida "Renn" hisobiga o‘tishi ko‘zda tutilgan. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi.
"Bavariya — jahonning eng yaxshi klublaridan biri. Men mazkur katta sinovni intizorlik bilan kutyapman va klub uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Hasan Salihamidjich va klubning boshqa mas’ul shaxslari bilan o‘tkazilgan muzokaralar menda chuqur taassurot qoldirdi hamda haqiqatan ham Myunxenga yo‘l olishim kerakligini tushunib yetdim", - dedi Matis shartnomaga imzo chekkach.
Matis Tel o‘tgan mavsumni Fransiya chempionatida o‘tkazib, musobaqa tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi (16 yoshu 110 kunlik). Avvalgi rekord Eduardo Kamavingaga tegishli edi.