Londonning “Vest Xem” klubi a’zosi Janluka Skamakka ushbu transferdan keyingi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
U Angliya premyer-ligasida o‘ynash uning orzusining amalga oshishi ekanligini aniq aytdi va shu bilan birga, transfer arafasida kim bilan maslahatlashganini ochiqladi.
"Manchini bilan transfer oldidan gaplashgandim. U bu men uchun eng yaxshi variant ekanligini aytdi.
Angliya chempionatida siz o‘sishingiz va yaxshilanishingiz mumkin, bu dunyodagi eng yaxshi chempionat ekanligiga hech kim shubha qilmaydi", - deydi Skamakka.
Angliya premyer-ligasi 5 avgust kuni boshlanadi, birinchi turda «Vest Xem» o‘z uyida chempion «Manchester Siti»ni qabul qiladi.