Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Viktor Karpenko: «Bizga qarshi o‘ynagan «Energetik-BGU» va «Arsenal» klublari yaxshi jamoalar hisoblanadi»

Viktor Karpenko: «Bizga qarshi o‘ynagan «Energetik-BGU» va «Arsenal» klublari yaxshi jamoalar hisoblanadi»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» klubi Minskda yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazib qaytdi. "Qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Viktor Karpenko mazkur yig‘in haqida Belarus matbuotiga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibiga qaraydigan bo‘lsak, 6-7 nafar o‘yinchi «Bunyodkor» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ha, bizning brend juda kuchli, ayniqsa Osiyoda. Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga 2 marta chiqqan. O‘shanda yanada yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin. Hozirda esa juda yaxshi akademiyaga egamiz. Bu o‘z mevasini bermoqda.

Belarusda ko‘proq kuchga asoslangan futbol o‘ynaladi. Bizga qarshi o‘ynagan «Energetik-BGU» va «Arsenal» klublari jadvalda 2 va 3-o‘rinlarda borishmoqda. Hozir biz ikkinchi mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shuning uchun turli taktikalarni sinovdan o‘tkazyapmiz.

Belarus chempionatiga doimo e’tibor qaratib kelganman. Bu yerdan yaxshi futbolchilar yetishib chiqadi. O‘z vaqtida juda ko‘p belaruslik futbolchilar Yevropaning top chempionatlarida o‘ynagan. Shuningdek, belaruslik murabbiylar yaxshi jamoalarda ishlashmoqda. Belarus futbol maktabi sobiq ittifoq mamlakatlar orasida eng yaxshilaridan biri», – dedi Karpenko.

Manba: tribuna.com
Kiritildi: 09:28, 28.07.2022.
O'qildi: 2122 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик