"Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoni Turin klubi shartnomasi asosida "Yuventus"ga o‘tkazishga ruxsat bermayapti. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Yuve" Firmino uchun 18 million yevro + bonuslar beryapti. “Liverpul” esa Yevropa valyutasida 30 million olmoqchi.
Tomonlar hali ham kelishuvga erishishga umid qilmoqda, biroq Italiyada Firminoning transferi amalga oshmasligini allaqachon yozishmoqda.