"Nyukasl" xo‘jayinlari joriy transfer oynasida hujumkor yarim himoyachi Allan Sen-Maksimen bilan xayrlashishga tayyor, deya xabar beradi Goal.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, jamoa allaqachon potensial xaridorlarga fransiyalik vingerning narxini aytishgan.
Klub futbolchini 40 million funt (~48 million yevro)ga baholagan. Sent-Maksimenga da’vogarlar orasida Londonning ikki klubi – “Chelsi” va “Tottenxem” ham bor.
25 yoshli fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda APLning 35 o‘yinida 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.