Skamakka «PSJ» o‘rniga «Vest Xem»ga o‘tdi
"Vest Xem" so‘nggi yillarda Italiyaning eng yaxshi iqtidorlaridan birini o‘z safiga qo‘shib oldi. "Sassuolo"ning 23 yoshli hujumchisi Janluka Skamakka inglizlarga deyarli 30 million funt sterlingga tushdi. Italiyalik futbolchi yana bir mavsumga uzaytirish huquqi bilan 5 yilga shartnoma imzoladi.
Bu Devid Moyes jamoasining yozdagi ikkinchi yirik transferi: taxminan bir oy oldin 26 yoshli himoyachi Nayef Agerd «Renn»dan sotib olingandi. Ammo Skamakkaning transfer jarayoni ancha ko‘p e’tiborni tortdi. Chunki iyul oyi davomida "PSJ" va klub maslahatchisi Luis Kampos yigitchani anchadan beri ta’qib qilishgandi.
“Janluka bilan qiziqayotgan klublar ko‘p. "Vest Xem" 40 million yevro, "PSJ" esa 35 million yevro taklif qildi. Bonuslar borasida ham biroz farqlar bor. Hozircha hech kim bilan kelishuv yo‘q”, - deydi “Sassuolo” direktori Jovanni Karnevali.
Oy o‘rtalarida Sky Sport Italia insayderni e’lon qildi - Skamakka Fransiyaga imkon qadar yaqin, Janlukaning agenti esa futbolchining kelajakdagi maoshini klub bilan muhokama qilmoqda. Bir-ikki kundan keyin bunga raddiya chiqdi - "Sassuolo" kamida 50 million talab qilmoqda. Parijliklar kelishuvdan bosh tortishdi, ammo tez orada italiyaliklar talablarni pasaytirdi. "Vest Xem" bu vaziyatdagi imkoniyatlarni ushlab qoldi. Inglizlar bundan juda xursand edilar - uzoq vaqt davomida mega-talantlar ularga qiziqmay kelayotgan edi. Taqdimot marosimida Skamakka har doim Premyer-ligada o‘ynashni orzu qilganini esladi. Hech qanday maxsus narsa yo‘qdek tuyuldi, klub yosh italiyalik sharafiga chiroyli videoni nashr etdi.
Taqdimotda futbolchining familiyasini o‘zlashtirish ancha qiyin bo‘ldi: Skamacca SkaMMakuga aylandi. Bu tvitterdagi yuzlab hazillarga sabab bo‘ldi. Skamakka alohida e’tiborga loyiq futbolchi. U 196 sm bo‘yga ega. Birinchi marta o‘n yil oldin gazetada ko‘rinish bergan edi, o‘shanda 13 yoshda bo‘lgan, tengdoshlari fonida Janluka o‘z vaqtida Lukakuga o‘xshardi. Katta futbolga yo‘llanma italiyalik uchun oson bo‘lmadi va u futbol o‘ynashni noldan o‘rganganini aytdi - shuning uchun endi u kuchga emas, texnikaga asoslanadi. Bu esa himoyachilarga unchalik yordam bermayapti: o‘tgan yili Janluka 16 ta gol urgan.
Raqib xatoga yo‘l qo‘ygudek bo‘lsa, Janlukani to‘xtatib qolish qiyin. Bunday hollarda u maksimal darajada vaziyatlardan foydalanib qolishga harakat qiladi. Himoyachilar buni tushunishadi va ikkinchi to‘plarda undan uzoqlashadilar”, deydi jamoadoshi Davide Frattezi. Avvaliga chempionatdagi 16 ta gol bunday maqtovga unchalik jiddiy sabab emasdek tuyulsa-da, bir jihati bor. Mavsum boshida murabbiy Alessio Dionisi Janlukani zahirada qoldirdi va shu sababli u mavsum davomida raqiblaridan ortda qolib ketdi. Biroq kuchga to‘lib qaytdi. A Seriyaning har bir daqiqasida, penaltilarni hisobga olmaganda, Skamakka gol urish borasida Lautaro Martines va Chiro Immobiledan ortda qolgan xolos.
Ko‘pchilik hali familiyasini ham o‘rganmagan yigit uchun yaxshi mavsum o‘tdi deyish mumkin.