"Bavariya"ning yangi yarim himoyachisi Rayan Gravenbax jamoadagi ilk haftalari haqida gapirib berdi.
“Bu yerda hammasi juda yaxshi ketmoqda. Hamma narsa yangi edi: yangi klub, yangi jamoadoshlar, yangi murabbiy. Men asta-sekin mashg‘ulotlarning shiddatiga va mahalliy sharoitga ko‘nikib boryapman”, - dedi u Kicker nashriga.
Gravenbax "Bavariya" jamoasi "Ayaks"dan kelib qo‘shildi.
"Men "Bavariya"ga eng yaxshi futbolchilar bilan o‘ynash uchun qo‘shilganman, bu mening maqsadim edi. Men ulardan o‘rganib, ular bilan birga chempionlikni qo‘lga kiritmoqchiman”, - deya qo‘shimcha qildi Gravenbax.
Futbolchi o‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.