Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Ronaldu: "Hech bo‘lmaganda bir kun men haqimda gapirmaslikning iloji yo‘q"

Ronaldu: "Hech bo‘lmaganda bir kun men haqimda gapirmaslikning iloji yo‘q"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynash niyati tufayli klubni tark etish istagi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

Futbolchi muxlislar akkauntlaridan biridagi post ostida izoh qoldirgan. Nashrning ta’kidlashicha, Xorxe Mendesh "Manchester Yunayted"ga Ronaldu haqiqatan ham ketishni xohlayotganini aytgan.

“Hech bo‘lmaganda bir kun men haqimda gapirmaslikning iloji yo‘q, chunki aks holda OAV pul topa olmaydi. Bilasizmi, yolg‘on gapirmasangiz, odamlarning e’tiborini jalb qila olmaysiz. Davom etinglar. Balki bir kun kelib siz ham to‘g‘ri xabarni e’lon qilarsiz”, - deb yozdi Ronaldu.

28 iyul kuni 37 yoshli futbolchi "MYU" rahbariyatiga shartnomani bekor qilmoqchi ekanligini aytgani malum bo‘ldi. Bungacha portugaliyalik ta’tildan kech qaytib, Manchester bazasida muzokara olib borish uchun kelgandi.

O‘tgan mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:05, 29.07.2022.
O'qildi: 2464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик