Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Viktor Kumikov: "Bosqichma-bosqich o‘sish dinamikasi bor, shu holat meni xursand qilyapti"

Viktor Kumikov: "Bosqichma-bosqich o‘sish dinamikasi bor, shu holat meni xursand qilyapti"

Baho:
+ | -

“Andijon” Tojikiston chempioni – “Istiqlol”ni 3:0 hisobida tor-mor keltirganidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov ushbu o‘yin hamda yig‘indan qanchalik qoniqqani haqida fikr bildirdi.

“Bugungi o‘yin bilan yig‘inlarimizni yakunladik. Xudoga shukr, jarohatlarsiz o‘tkazdik. Oxirgi o‘yinlarda holatimiz yaxshilanyapti. Chempionatgacha yana bir hafta vaqt bor va ungacha yigitlar yanada zo‘r holatga keladi. Tojikiston chempioni bilan o‘ynadik. Yaxshi jamoa. Osiyo Chempionlar ligasida bir necha bor qatnashgan klubga qarshi yaxshi natija qayd etdik. Albatta, bu meni xursand qildi. Shu holatda o‘ynashda davom etamiz, deb umid qilaman.

Biz yig‘inning dastlabki qismini tog‘ yon bag‘rida jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratgan holda o‘tkazdik. 11 kun davomida tog‘dan keyingi yig‘inda jismoniy holatimizni ko‘tarishimiz kerak edi. Mana, bugun bu yerdagi ikkinchi haftamizni o‘tkazgan bo‘lsak, kundan-kunga futbolchilarni holati zo‘r bo‘lib borishi kerak.

O‘tkazilgan nazorat o‘yinlarimizdagi farqiga kelsak, biz dastlab optimal formaga kirmagan edik. Birinchi o‘yinlarimizda qayerdadir ustun bo‘ldik, qayerdadir oqsadik. Keyin “Qizilqum” bilan o‘yinda yaxshi o‘ynadik. Hozirgi kundagi holatimiz yanada yaxshilandi. Bosqichma-bosqich o‘sish dinamikasi bor. Shu holat meni xursand qilyapti, - deydi Viktor Balyutovich.

Kiritildi: 10:16, 30.07.2022.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик