Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Brentford" Eriksen o‘rnini boshqa bir daniyalik bilan to‘ldirmoqchi

"Brentford" Eriksen o‘rnini boshqa bir daniyalik bilan to‘ldirmoqchi

Baho:
+ | -

"Brentford" yarim himoyachi Mikkel Damsgorning transferi borasida "Sampdoriya" bilan deyarli kelishib oldi, deb yozadi jurnalist Fabrisio Romano tvitterda.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 22 yoshli daniyalikning keyingi sotuvidan foiz sifatida taxminan 15 million yevro va bonuslar taklif qiladi. "Brentford" futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olishi kerak.

O‘tgan mavsumda Damsgor "Sampdoriya"ning 12ta o‘yinida qatnashib, foydali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:17, 02.08.2022.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.