Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Bernardu Silva La Liganing ikki klubi o‘rtasida tanlov qilmoqda

Bernardu Silva La Liganing ikki klubi o‘rtasida tanlov qilmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva bir yo‘la ikkita Ispaniya grandi — Madridning «Atletiko» va «Barselona» bilan muzokaralarning ilg‘or bosqichida turibdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Portugaliyalik futbolchi yozda ingliz klubini tark etishi mumkin, biroq qaysi klubni tanlashi haqida hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Har ikkala ispan jamoasi futbolchi va uning vakillari bilan faol muloqot olib bormoqda.

O‘tgan mavsumda 31 yoshli futbolchi — Transfermarkt portaliga ko‘ra bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi — maydonda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:44, 29.05.2026.
O'qildi: 1849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик