Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Domeniko Tedesko: «Asosiysi, kuchli ishtiyoq bor»

Domeniko Tedesko: «Asosiysi, kuchli ishtiyoq bor»

Baho:
+ | -

Avstriyaning xushmanzara va bahavo shahri - Ennstalda yig‘in olib borayotgan Bundesliga yetakchilaridan biri «RB Leypsig» avvalgi hafta «Liverpul» bilan nazorat o‘yini o‘tkazib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Qizil buqalar» bosh murabbiyi Domeniko Tedesko shu «o‘rtoqlik»dan oldin OAV vakillariga ma’lum vaqt ajratib, yig‘in taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va keyingi rejalar haqida ma’lumot berdi.

- Janob Domeniko, tayyorgarlik qay darajada ket­yapti?

- Barchasidan mamnunman. Yigitlar o‘zgacha shasht bilan ishlayaptilar. Mashg‘ulotlar tartibi tig‘iz. Yig‘inning ikkinchi yarmida og‘irlik ikki hissa ortadi. Deylik, nazorat o‘yinlari ba’zi futbolchilarni charchatib qo‘yishi mumkin. Umuman, Leypsigga qaytgach ham, birinchi jiddiy o‘yin (30 iyul kuni Germaniya superkubogi uchun «Bavariya»ga qarshi)gacha tayyorgarlik sur’atini pasaytirmaymiz.

- Yangi mavsum taqvim bo‘yicha oldingilaridan farqlanadi...

- Ha, chempionatning birinchi yarmida uzilish yuzaga kelishi - yangilik. Nachora, qishda futbolchilar jahon chempionatiga borishlari kerak. Ilk yig‘inda buni ham inobatga oldik, albatta. O‘ylaymanki, yangicha sinovlarga tayyormiz.

- Jamoa bilan ishlashda qanday qiyinchiliklar bor?

- Menga futbolchilar bilan bevosita shug‘ullanish yoqadi. Jamoa ichida sog‘lom raqobat shakllangan. Menimcha, har bir pozisiyaga ikki nafar futbolchi - bu me’yor.

- Ortga qaytgan hujumchi Aleks Syorlot haqida nima deysiz?

- Aleks juda faol. Hamisha maydonda borligini ko‘rsatishga intiladi, jamoada hurmati ham baland - ajo­yib yigit. Hozir ichki potensialidan maksimal darajada foydalanish yo‘lida izlanmoqda.

- O‘tgan mavsumgi yutuqlarga Muhammad Simakan sezilarli hissa qo‘shdi. Unda yanada kuchayish salohiyati qanday?

- Simakan mavsumning ikkinchi yarmida hal qiluvchi rolga o‘tdi. Deylik, to‘pni raqibdan olib qo‘yish uchun pozisiya tanlash qobiliyati kuchli, ayniqsa, standart vaziyatlarda. U o‘zining ustun tomonini allaqachon amalda ko‘rsatishga tushdi. Qisqasi, ajoyib salohiyatga ega yosh iqtidor.

- Avvalgi mavsum Germaniya kubogining qo‘lga kiritilgani ham «RB Leypsig»­ga qo‘shimcha kuch bag‘ishlasa kerak...

- Albatta. bunday sovrin har qanday jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘ylaymanki, kubok bilan shahar bo‘ylab sayr sururi va muxlislar yuzidagi quvonch yigitlarimizni g‘ururlantirgani yangi mavsumda yaqqol sezilishi kerak. Asosiysi, ajoyib tarix yaratayotganimizni bilamiz, klubning muxlislar munosabati o‘laroq, tobora o‘sib borayotganini ko‘rish yoqimli. Yangi mavsum chiptalari, hattoki, «Liverpul»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yininiki sotuvi ham kuchli ishtiyoqdan darakdir.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 02.08.2022.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.