Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ayollar futboli: Transfer oynasidan kim qanday foydalandi?

Ayollar futboli: Transfer oynasidan kim qanday foydalandi?

Baho:
+ | -

Jazirama yoz ta’tili ham nihoyasiga yetdi. Superliga jamoalari ikkinchi davra o‘yinlarini boshlab yuborishdi, bugun tanaffusdan keyingi Birinchi liganing ilk o‘yini, ertadan Pro liga va ayollar jamoalari ham maydonga tushishadi. Xo‘sh, ayollar jamoalari yozgi tanaffusdan – transfer oynasidan qanday foydalanishdi?

 

Tarkibini jiddiy kuchaytirgan jamoa sifatida “Sevinch” va “So‘g‘diyona” klublarini misol qilish mumkin. “Sevinch”ning hindistonlik Dangmei Greys,  ganalik Mumuni Fuseina hamda kamerunlik Njolle Alvine Ngonjani qo‘shib olgani, Turkiya ayollar chempionatida to‘p surgan, tajribali Soliha Husniddinovani taklif etgani haqida yozgandik. E’tiborini chet ellik futbolchilarga qaratishda “So‘g‘diyona” ham “Sevinch”dan qolishmadi. Jizzaxliklar tarkibini yaponiyalik Riko Ushijima va turkiyalik Cheminaya Ana bilan boyitishdi. Shuningdek, bir mavsum Turkiyaning “Trabzonsport” klubida to‘p surgan Shahrizoda Zayniddinova ham ikkinchi davra o‘yinlarini “So‘g‘diyona” tarkibida davom ettiradigan bo‘ldi.  Qolaversa, “Paxtakor”dan Gulchehra Eshmamatova, “Qizilqum”dan Zebiniso G‘aniyeva ham endi jizzaxliklar sharafini himoya qilishadi. Bugun Jizzaxda yangi kelgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi tashkil etildi.

Mazkur jamoalarni tark etgan futbolchilar ham bor. “Sevinch”ning ikki vakili -  Sevara Ro‘ziyeva va O‘g‘iloy Saydullayeva “Qizilqum”ga ijaraga berildi. “So‘g‘diyona”da esa sezilarli yo‘qotishlar kuzatildi. Jamoaning   yetakchilari Fuseina Mumuni o‘tgan mavsum yakunidayoq jamoadan ketgandi, Tanzilya Zarbiyeva va O‘g‘iloy Qo‘chqorova esa ayni tanaffus davrida oilaviy sharoitlari tufayli futboldagi faoliyatlarini tugatishdi. Yana ikki legioner – gruziyalik  Natia Danella va Ani Dzadzua ham o‘z yurtlariga qaytib ketishdi.

 

AGMK tarkibida atigi bitta o‘zgarish bo‘ldi – o‘zining sobiq a’zosi, bir mavsum Turkiyaning “Trabzonspor” klubida o‘ynagan Kamila Zaripovani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Hech kim jamoani tark etmadi.

 

O‘tgan mavsumni Turkiya ayollar chempionatida o‘tkazgan to‘rt nafar futbolchilarimizning to‘rtinchisi Setora Takabayeva “Metallurg” vakili edi va aynan shu jamoaga qaytishni rejalashtirgandi. Biroq Turkiya chempionatining so‘nggi turlarida oyog‘idan jiddiy jarohat oldi, hatto jarrohlik amaliyotini ham boshidan kechirdi. Ayni paytda davolanayotgan Setora kelajagini aynan “Metallurg” bilan bog‘lashga umid qilyapti. Bekobodliklar tanaffus davrida hech kimni ro‘yxatdan o‘tkazmadi, aksincha, ikki nafari jamoani tark etdi – Muxlisa Mardiyeva “Lokomotiv”ga bordi, Charos G‘aniyeva esa turmushga chiqqani munosabati bilan vaqtincha futbolni to‘xtatdi.   

 

“Bunyodkor” ham bor-yo‘g‘i bir nafar futbolchini tarkibiga qo‘shdi – “Lokomotiv”dan Maftuna Jo‘rayevani. Tanaffus davrida “qaldirg‘ochlar” tarkibini tark etuvchilar bo‘lmadi.

 

“Paxtakor” bir futbolchi bilan xayrlashdi, ikki nafarini qabul qildi. Birinchi davrani “sherlar” bilan o‘tkazgan Gulchehra Eshmamatova ikkinchi davrada “So‘g‘diyona” tarkibiga borib qo‘shildi. “Lokomotiv” a’zosi Shohida Fayzullayeva hamda o‘tgan mavsumda “Bunyodkor”da o‘ynagan, birinchi davrani maydon tashqarisida o‘tkazgan Zuhra Berdiyeva ham “Paxtakor” vakiliga aylandi.

 

“Lokomotiv”da ham kelganlardan ko‘ra ketganlar ko‘proq. Bekoboddan Muxlisa Mardiyevani, “Qizilqum”dan Maftuna Jo‘rayevani taklif etdi. “Temiryo‘lchilar” safiga qo‘shilgan Maftuna Jo‘rayeva andijonlik hisoblanadi, jamoani tark etib “Bunyodkor”dan ro‘yxatdan o‘tgan huddi shu ism-sharifdagi futbolchi esa jizzaxlik. Jamoani shuningdek, Fazilat Bahromova (“Neftchi”) va Shohida Fayzullayeva (Paxtakor”) tark etishdi.

 

“Qizilqum”da ham o‘zgarishlar katta. Jamoa Gulnora Davronova (“Neftchi”) ni erkin agent, Sevara Ro‘ziyeva va O‘g‘iloy Saydullayeva (“Sevinch”) ni ijara asosida tarkibiga qabul qildi. Vazira Hayitova va Maftuna Jo‘rayeva garchi birinchi davrada jamoada ro‘yxatda turmasalarda, so‘nggi jamoasi sifatida “Qizilqum”dan ketgan hisoblanishdi. Shuningdek, Feruza Jo‘raboyeva (“Neftchi”) va Zebiniso G‘aniyeva (“So‘g‘diyona”) o‘z omadlarini boshqa jamoalarda izlashni lozim topishdi.

 

“Neftchi” “Lokomotiv”dan Fazilat Bahromovani, “Qizilqum”dan Feruza Jo‘raboyevani qo‘shib oldi. O‘zining o‘tgan yilgi 1-ligadagi vakili Gulira’no Hasanovani ham ro‘yxatdan o‘tkazdi. Uch nafar futbolchi jamoa bilan xayrlashdi  – Baxtishod To‘xtayeva, Marjona To‘rayeva (ikkalasi ham “Navbahor”), Gulnora Davronova (“Qizilqum”).

 

“Navbahor”da kelganlar ham, ketganlar ham teng bo‘ldi. Sobiq futbolchi, so‘nggi yillarda Baxmal va Zomin ayollar futbolini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan Nodira Turonova yana futbolga qaytdi, shuningdek, “Neftchi”dan Baxtishod To‘xtayeva va Marjona To‘rayeva, “Qizilqum”dan Vazira Hayitova endilikda “Navbahor” sharafini himoya qilishadi. Aksincha,  Gulnavoz Tursunova, Maftuna Norboyeva, Diyora Valixonova, Risolat Hamidullayeva bosh murabbiy ishonchini oqlamadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:42, 04.08.2022.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.