Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

O‘FA Tibbiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘FA Tibbiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha terma jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida O‘FA qoshida Tibbiy qo‘mita tashkil etildi.

Bugun mazkur qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA rahbariyati, terma jamoalar shifokorlari hamda mas’ullar ishtirok etdi. Yig‘ilishda kun tartibiga ko‘ra, birinchi yarim yillik bo‘yicha terma jamoalarning tibbiy yo‘nalish bo‘yicha faoliyati tahlil qilindi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov futbol tibbiyotini tizimli rivojlantirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Bu borada oldinga qadamlar tashlanganligi, biroq sohada hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘pligi aytildi.

Bugungi kunda tibbiyot sohasiga to‘g‘ri yondashish sportdagi muvaffaqiyatning asosiy qismini tashkil etadi. Shu sababli milliy terma jamoa bilan bir qatorda, har bir yosh toifasidagi terma jamoalarimiz, ayollar va futzal terma jamoalariga shifokorlar va massajchilardan iborat doimiy tibbiy shtab biriktirildi. Shifokor futbolchilarning sog‘lig‘ini har doim monitoring qilib borishi, tahlil qilishi va jarohatlarni oldini olish ishlarini amalga oshirishi kerakligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida barcha yoshdagi terma jamoalarimiz shifokorlarini zarur tibbiy uskunalar, dori-darmonlar, vitaminlar bilan ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Akademiyalarda malakali tibbiy xizmatni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Shuningdek, futbol tibbiyotiga yangi kadrlarni jalb etish, mutaxassislarning malakasini doimiy oshirib borish va ular faoliyatini mukammallashtirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, U-23 Osiyo kubogi davomida tibbiyot sohasida orttirilgan tajribalarni ichki musobaqalarimizda qo‘llash, OFK standartlari asosida tibbiy-tashkiliy ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilish davomida mutaxassislar fikrlari tinglanib, kelgusi rejalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tdilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:18, 04.08.2022.
O'qildi: 1426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик