Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Aspilikueta: "Chelsi" bilan sayohatimni davom ettirish imkoniyatini berishgani uchun minnatdorchilik bildiraman"

Aspilikueta: "Chelsi" bilan sayohatimni davom ettirish imkoniyatini berishgani uchun minnatdorchilik bildiraman"

Baho:
+ | -

Himoyachi Sezar Aspilikueta "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirish haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni "ko‘klar" ispaniyalik futbolchi bilan ikki yillik yangi shartnoma imzolaganini e’lon qilgan edi.

"Men janob Todd va janob Bexdadga ushbu ajoyib jamoa bilan sayohatimni davom ettirish imkoniyatini bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", - dedi Aspilikueta londonliklarning rasmiy saytiga.

Futbolchi, shuningdek, o‘zi ham yangi sarguzashtni davom ettirishni intiqlik bilan kutayotganini va “aristokratlar” bilan ko‘plab yaxshi xotiralarni baham ko‘rish imkoniyatidan g‘ururlanayotganini ta’kidladi.

32 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sezar 2012 yildan beri "Stemford Bridj"da o‘ynab kelmoqda.

Kiritildi: 08:11, 05.08.2022.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик