Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko

Gavi "Barselona"da oltinchi raqamni oladi. Bu unga bosim bermaydimi?

Gavi "Barselona"da oltinchi raqamni oladi. Bu unga bosim bermaydimi?

Baho:
+ | -

“Barselona” va Ispaniya futboli kelajagi hisoblanayotgan Pablo Gavi bugun 18 yoshga to‘ldi. Umuman olganda, u endi haqiqiy professional shartnomasini imzolashi mumkin. “Blaugranas” Gavinining tavallud kuniga bag‘ishlab, 2 sovg‘a tayyorlagan deyishmoqda. Birinchisi Gavi uchun uzoq muddatli shartnoma. Ikkinchisi oltinchi raqamli libos. Gavi boshlanayotgan mavsumda 6 raqami tushirilgan futbolkada o‘ynashi anchadan beri tahmin qilinayotgan edi. Gavi yaxshi futbolchi, iqtidorli va kelajagi porloq. Ammo ko‘p narsani o‘zgartirmaydigan libosdagi raqabning ham o‘ziga yarasha bosimi bor.

 O‘tgan yili Leo Messi “Barselona”ni tark etgach, jamoa kelajagi va yangi Messisi deya qaralgan Ansu Fatiga 10-raqam berildi. Barcha muxlislar esa, Fatidan avvalgi 10 raqam ko‘rsatgan ishni qilishini so‘rashdi. Tabiiyki, Messidek o‘ynash hali Ansuga og‘irlik qilardi. Shunday ham bo‘ldi, O‘tgan mavsum yosh hujumchi uchun yaxshi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘ladi. U asosan jarohatni davolashga ko‘p vaqt sarfladi. Maydonda ham kam paydo bo‘ldi, ko‘p o‘yinlarda o‘sha tizzasidagi og‘riq qaytalab qolaverdi. Umuman jarohat bu futboldagi reallik, Ansu 31-raqamda ham shu-shu jarohatida bo‘lishi mumkin edi. Ammo maydonda unga ortidagi raqam ham bosim berganini payqadik. Bir tomonlama bu yaxshi. U muxlislar nimani kutayotganini his qiladi. O‘zini yetakchidek tutishga harakat ham qildi. 10 raqamining bosimi bundan kam bo‘lishi mumkin emas. Ayniqsa “Barselona”da.

Asosan futbolchiga bosim beradigan, yoki yetakchi sifatida o‘zini his qiladigan raqam undan oldin klub afsonasiga tegishli bo‘lgan bo‘ladi. Yana bir yorqin misol, hozirda “Barselona” safida bo‘lgan Depay. Bilasizmi, Memfis Depay bir vaqtlar bo‘lajak Ronaldu sifatida ko‘rilgan. Unda ham uzoq masofadan “pushka” yo‘llash qobiliyati bor edi. Depayni Ronalduga tenglashtirishlariga Lui van Gal ham sababchi. U futbolchini “MYU”ga olib kelgan. Fergyuson davridan beri sovrin yutmagan klubga esa, yangi Ronaldu haqiqatdan ham zarur bo‘lgan. Niderlandiyalik mutaxassis bu rolga hamyurti Depayni munosib ko‘rgn edi. Memfis o‘sha paytlar haqiqatdan ham ancha iqtidorli va kelajagi porloq futbolchi sifatida taasurot qoldirgan edi. Faqat “Manchester Yunayted”ning 7 raqamini olgach, hammasi boshqacha bo‘ldi. Shundan so‘ng, hatto bir necha yil Depayni hech kim eslamadi. Qachonki, u “Lion”da hali yuqori saviyasi borligini isbotlaganda “Barselona” uni sotib oldi.

Umuman olganda, futbolda bunday holatlar juda ko‘p uchragan. Qaysidir raqam yosh futbolchiga berildi-mi? Demak o‘sha raqamda o‘ynagan afsonaga klub vunderkindni qiyoslaydi. Bu qaysidir ma’noda cheksiz ishonch belgisi hamdir. Pedrini butun mavsum davomida Inyestaga qiyoslab, 8-raqamni unga berishdi. Endi navbat Gaviga keldi. Muhimi 2 iqtidor egasi o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. To‘g‘ri, Fati hali qaytishi mumkin. Leo Messidan keyin jamoada 10 raqamida Ansudan boshqa futbolchi o‘ynamagan. Ikki “echki” davrida futbol tomosha qilayotgan ekanmiz, barcha misollar ham ular bilan bog‘lanadi. Shuning uchun ikkinchi misol Depay bo‘ldi. Aytgancha, “Barselona”ning oldingi 6-raqam egasi Riki Puch edi. Vaqtida uning ham kelajagi yorqin bo‘lishi tahmin qilinardi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:10, 05.08.2022.
O'qildi: 3040 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.