Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yangi mavsumda "Chelsi" tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Yangi mavsumda "Chelsi" tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Aristokratlar" yoz davomida bir qancha futbolchilarni olib kelishga harakat qildi. Ammo "Chelsi" nishonlari Ispaniyada "Barselona" tomonidan ham ko‘zlab qo‘yilgandi. Shu sabab Tomas Tuxelning Rafinya hamda Kunde bilan bog‘liq rejalari amalga oshmay qoldi. Shunga qaramay, hali vaqt bor. Variantlar ham yetarlicha. Ayni damda esa shunday futbolchilardan biri "Chelsi" yo‘lini to‘sdi. U esa "Barselona" hujumchisi Obameyangdir.

Pyer-Emerik Obameyang birb paytlar Tuxel bilan birga ishlagan. O‘shanda ular "Borussiya Dortmund"da edi. Shuningdek, London faxri deya e’tirof etiluvchi klub "Leypsig" bilan Benjamin Sheshko borasida ham jiddiy muzokaralarga kirgani aytiladi. Sheshko "MYU" radarida turganidan esa hammaning xabari bor(dir). Shuningdek, yana bir "qizil iblislar"ning umidi bo‘lgan transfer, Frenki De Yong – "Chelsi"ning domiga tushib qolgan. Ayrim manbalarda "Barselona" De Yongni "Chelsi"ga 72 million funt evaziga sotishga rozi bo‘lgani aytiladi. Shunday ekan, niderlandiyalik yarim himoyachi Karni Chukvuemeka (20 million funt) bilan birga "Chelsi" yarim himoyasini to‘ldirishi mumkin. Nabodo, "Chelsi" bu imkoniyatni qo‘ldan boy bergudek bo‘lsa, u holda "Inter" tarbiyalanuvchisi Chezare Kazadei ikkinchi variantdir. 19 yoshli yarim himoyachi hozirda 17 millionga baholanmoqda. U uchun "Chelsi" avvalroq 6,7 million funt taklif qilgandi. Ammo "Inter" buni darhol rad etgan.

"Chelsi"ning himoyada ham o‘ziga yarasha rejalari bor. Xususan, yaqindagina e’lon qilingan Mark Kukurelya transferi o‘sha rejaning bir qismi hisoblanadi. Yosh ispan futbolchisi 55 million funtga baholangan. Tomas Tuxel esa qanot himoyasi borasida tinchilangach, endi markaziy mudofaani o‘ylamoqda. Bu borada "Lester Siti" bilan muzokaralar davom etmoqda. "Chelsi" "tulkilar"ning fransiyalik himoyachisi Vesley Fofana uchun kurashmoqda. Ammo bu ish oson bo‘lmaydi. Chunki Fofana 85 million funtlik narxga ega. Fofanadan tashqari "Leypsig"dan Yoshko Gvardiol xarid qilinishi ham mumkin. Londonliklar Gvardiol uchun Timo Vernerni qaytarib berishni taklif qilmoqda.

Himoya uchun so‘nggi variant sifatida "Inter" rayt-beki Denzel Dyumfris qayd etiladi. Ammo milanliklar o‘z futbolchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Ular Dyumfrisga 30 million funt so‘ramoqda. Agarda Dyumfris xarid qilinsa, qanotdagi Jeyms markaziy himoyaga ko‘chib o‘tadi.
Hujumga tayanch uchun ham rejalar yo‘q emas. Tuxel qanotlarga "Sautgempton"dan Kayl Uolker-Piters hamda "Real" futbolchisi Markos Alonsoni olib kelishi mumkin. Mana shunday holatda quyidagicha yangi tarkib vujudga keladi:

Darvozada: Eduar Mendi
Himoyada: Gvardiol (Kukurelya), Kulibali, Jeyms (Fofana)
Tayanchda: Kazadei (Chukvuemeka), De Yong
Yarim himoyada: Uolker-Piters (Chilvell), Dyumfris (Jeyms)
Hujumda: Sterling, Sesko (Obameyang), Mount.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:52, 05.08.2022.
O'qildi: 4186 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.