Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Erling Xolandning mahoratini yuqori baholadi.
Norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti” safida APL doirasidagi debyut uchrashuvida – “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etdi.
“U to‘xtatib bo‘lmaydigan, juda ko‘p gol uradigan haqiqiy hujumchi. Haqiqatan ham ajoyib iste’dod", - deb yozadi Lineker Twitter sahifasida.