Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Pepe Reyna: «Hali yuqori raqobatdan zerikkanim yo‘q»

Pepe Reyna: «Hali yuqori raqobatdan zerikkanim yo‘q»

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» iyul oyi o‘rtalarida taniqli darvozabon Pepe Reynani ortga qaytardi va uni yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirdi.

Jahongashta kiper keyinchalik klub prezidenti Fernando Roig hamrohligida «sariq suvosti kemasi» a’zosi sifatida OAV vakillari bilan uchrashdi. Reyna naq 17 yillik tanaffusdan keyin jonajon klubiga qaytganini alohida aytish kerak.

Uyga qaytish sehri

- Hozir benihoya xursandman. O‘zi anchadan buyon tezroq qaytishni o‘ylayotgandim. Umuman, «Vilyarreal» libosini qayta kiyish nasib etishiga zarracha shubhalangan emasman. To‘g‘risi, faoliyatim uchun bundan yaxshiroq yakunni topish qiyin. Ha, qo‘lqoplarimni shu yerda mixga ilmoqchiman. Umid qilamanki, klub o‘sishdan to‘xtamaydi va  nafaqat Ispaniya, balki butun Yevropada etalonligicha qoladi.

Klubga nisbatan tuyg‘u

- O‘tgan mavsum avvalo, «Lasio» uchun qayg‘urdim, shuning barobarida «Vilyarreal»dan ham aslo ko‘z uzganim yo‘q. Yuragim tubidagi muhabbat klubga befarq qarashimga yo‘l qo‘ymaydi. Qolaversa, «Vilyarreal» tetik futbol ko‘rsatadi. Jamoa ayniqsa, CHLda hurmat-e’tibor qozondi. Endi shu klubdaman va o‘zimni jonajon uyimdagidek his qilyapman. Yangi mavsum har bir turnirda yanada munosib iz qoldirishni istaymiz.

Yevroarena uchun kurash

- Chempionlik? Agar La Ligada g‘olib chiqsak, aqldan ozishim tayin. Lekin klubning asosiy maqsadi - yevroarenaga chiqish. Nega endi CHL haqida o‘ylamasligimiz kerak? Umuman, yangi mavsumda Ispaniya kubogi va Konferensiyalar ligasida g‘alaba uchun kurashish - klub oldiga qo‘yilgan ikki qiziqarli vazifa.

Shaxsiy ambisiya

- Har qanday yo‘l bilan jamoaga yordam bersam, bas. Buning uchun qattiq shug‘ullanishga tayyorman. Yagona maqsadim - butun mavsum davomida klub talabiga mos darajada sport formasini saqlab qolish. Tan olaman, Gero Ruli asosiy darvozabon hisoblanadi, men esa unga raqobat taqdim etish va tajribam bilan jamoaga yordam berish uchun keldim. Albatta, katta istiqbolga ega yosh darvozabonlarga ham qo‘ldan kelganicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga tayyorman.

Gero Ruli bilan raqobat

- Albatta, har kunlik sog‘­lom raqobatdan umidvorman. Biroz hayajon yo‘q emas, lekin ishonchim komil, darvozabonlar o‘rtasidagi raqobat hammamizga foyda keltiradi. Geroning ajoyib o‘yinlarini ta’kidlashim joiz. Jamoada 1-raqam unga tegishli edi, shunga qaramay, menga bermoqchi bo‘ldi. Shuning o‘zi Ruli qanday yigit ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Birdam kiyinish xonasi

- Jamoa muvaffaqiyati aynan kiyinish xonasidagi holatga bog‘liq. Yaxlit guruh har qanday alohida futbolchidan ustun. «Vilyarreal»ning birdam oilasiga muammosiz qo‘shilishimga ishonaman. Barchamiz kuchli, mustahkam va kamtarona kiyinish xonasiga ega bo‘lib, yo‘lni birdam bosim o‘tishni istaymiz.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:21, 08.08.2022.
O'qildi: 1830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.