Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Massimiliano Allegri: «Muvaffaqiyatni takrorlash hamisha qiyin»

Massimiliano Allegri: «Muvaffaqiyatni takrorlash hamisha qiyin»

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yangi mavsumga katta umid bog‘lamoqda.

Uning oldida katta missiya bor - «keksa sinyora»ning nisbatan tushgan mavqesini tezda qayta tiklashi kerak. Muhimi, tajribali mutaxassis o‘ta xotirjam. Har holda, DAZN nash­ri jurnalistlari bilan suhbat jarayonida o‘zini shunday tutdi.

- Aytingchi, yangi «Yuventus»dan nimalar kutish mumkin?

- Har qanday g‘alaba alohida voqelik ekanligini unutmaslik lozim. Bilaman, «Yuventus» uchun chempionlik oddiy holatdek bo‘lib qolgan, lekin agar yangi mavsumda g‘olib chiqsak, bu favqulodda muvaffaqiyat hisoblanadi. Hozir birinchi navbatda, foydalanish koeffisiyentini yaxshilashimiz kerak, chunki avvalgi mavsum ayni shu masalada oqsadik, samaradorlik bobida «A» seriyada atigi 11-natijani qayd etdik. Oddiy aytganda, hujumlarni yakunlash ko‘rsatkichi bo‘yicha ko‘plab raqiblarni oldinga o‘tkazib yubordik. Himoyada ham yetarlicha ishlov talab qiladigan elementlar yo‘q emas. Kyellini oldinroq ketgandi, endi de Ligt ham yo‘q. O‘zi futbolda shunday - navbatdagi «syurpriz» qayerdan chiqishini hech qachon bilolmaysan. Kim biladi, balki Gatti asosiy himoyachimizga aylanar... Har holda, hozir mutlaqo xotirjamman.

- Pol Pogba haqida nima deya olasiz?

- Uning jismoniy holati yaxshi. Umuman, Pol butunlay boshqa odamga aylangan: ilgari yosh bola edi, endi haqiqiy mardga aylandi. To‘g‘ri, hammasini futbol ko‘rsatadi.

- «A» seriyada mavsumni boshqalarga nisbatan ustunlikda boshlaydigan jamoa bormi?

- «Milan» o‘tgan mavsumni sehrli tarzda o‘tkazganiga qaramay, bu safar skudetto uchun kurashda «Inter» favoritdek ko‘rinmoqda. Menimcha, yangi mavsum «rossonerlar» uchun yaxshigina sinov bo‘ladi, chunki muvaffaqiyatni takrorlash har doim qiyin. «Yuve»ga kelsak, chempionlik taxtiga ko‘tarilish uchun qancha ochko to‘plashimiz kerakligi haqida tasavvurim bor, ammo bu haqda avgust oyi oxirlaridagina gapirishim mumkin.

- Sizningcha, Vlaxovich nech­ta gol uradi?

- Undan 30ta gol marrasiga yaqinlashishini kutyapmiz, ammo zimmasiga chempionat to‘purari bo‘lish vazifasini qo‘ymaymiz. Axir chempionlik medalini yutmasak, bundan nima ma’no?

- Di Mariya nechog‘li naf keltirishga qodir?

- Menimcha, u o‘ng qanotda hujumkor yarim himoyachi va ikkinchi hujumchi sifatida o‘ynay oladi. Anxelni raqib darvozasiga qanchalik yaqin olib borsak, shuncha yaxshi.

- Demak, «Yuventus»ning 4-3-3 taktik chizmasini ko‘rmaymiz, shundaymi?

- Har doim mavjud futbolchilar xususiyatlaridan maksimal darajada foydalanish yo‘llarini izlash maqsadga muvofiq. Di Mariya statistikasini alohida tahlil qilib chiqdim, u gol urishdan ko‘ra, assistent rolini bajarishga moyil. Shunday ekan, Anxelni gol uradiganlarga yaqinroq joylashtirish lozim. Fikrimcha, Kyeza mavsumda eng yaxshi futbolchimiz bo‘lishi mumkin, lekin boshida jarohatidan oldingi Federikoni ko‘rishimiz qiyin. O‘sha Kyeza qayta namoyon bo‘lishi uchun yanvarni kutishimizga to‘g‘ri keladi.

FAKT

Oxirgi 10 yillikka qarasak, Yevropa futbolida klublarni transferlarga eng ko‘p pul ajratishga majbur qilgan murabbiylar reytingining 4-qatori aynan Massimiliano Allegriga tegishli. U bu oraliqda jami 67ta xaridga 929,57 million yevro sarflagan. Yetakchilik Xosep Gvardiola qo‘lida bo‘lsa, Joze Mourinyo olihimmat shayxlarsiz ham milliard yevro marrrasidan oshgan.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 08.08.2022.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик