Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Borussiya Dortmund" "Chelsi" vingeri uchun kurashga qo‘shildi

"Borussiya Dortmund" "Chelsi" vingeri uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi "Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoi uchun kurashga kirishdi, deb xabar beradi Bild.

Xadson-Odoi "Chelsi"ning "Everton"ga qarshi (0:1) APL 1-turi uchun qaydnomasiga kiritilmadi. O‘yin yakunlanganidan ko‘p o‘tmay, Kallum muntazam o‘yin amaliyoti uchun klubdan qo‘yib yuborishni so‘ragani ma’lum bo‘ldi.

"Sautgempton" allaqachon Xadson-Odoi uchun ijara taklifi bilan chiqqan, shuningdek 21 yoshli ingliz futbolchisiga "Lester" ham qiziqish bildirmoqda.

Xadson-Odoi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:12, 09.08.2022.
O'qildi: 2007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик