"Lids Yunayted" hujumchi borasida ishlarni davom ettirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "PSJ" o‘z tarbiyalanuvchisi Kalimuendoni munosib taklif uchun sotishga qarshi emas.
20 yoshli forvard ikki yildan beri "Lans" safida ijarada harakat qilib kelmoqda. U 65 ta o‘yinda 21 ta gol urishga erishgan. "Lids" u uchun taxminan 17 million funt to‘lashi talab etiladi.