Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Prevyu. «Navbahor» - «Surxon»

Prevyu. «Navbahor» - «Surxon»

Baho:
+ | -

Superligasining 15-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 31 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 21 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan),  6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 79-23, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 67 ochko, “Surxon” esa 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 3 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 15 marta kuch sinashishgan (2019 yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham “Navbahor” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 14 ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham). Termizliklar Namanganda hali ochko olisholmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 52 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga  bor-yo‘g‘i 4ta to‘p kiritishgan.

Ushbu jamoalarning joriy mavsumning 1-davrasida Samarqanddagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsida “lochinlar” 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan, jamoamizning gollariga Elguja Grigalashvili va Zoran Marushich, termizliklarning yagona javob goliga esa Miroslav Markovich mualliflik qilishgandi.    

Barcha uchrashuvlar qaydnomasi:

28.03.1992. “Surxon” – “Navbahor”  – 1:1
29.10.1992. “Navbahor” – “Surxon”  –  +:-
13.04.1994. ASK – “Navbahor”  – 2:3
13.11.1994. “Navbahor” - ASK   – 2:1
11.06.1995. “Navbahor” - ASK – 4:0
19.08.1995. ASK – “Navbahor” – 2:5
26.06.1996. “Navbahor” - ASK – 4:1
29.08.1996. ASK – “Navbahor” – 1:4
13.04.1997. “Navbahor” – “Surxon” – 9:0
04.10.1997. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
18.04.1998. “Navbahor” – “Surxon” – 5:0
08.10.1998. “Surxon” – “Navbahor” – 3:1
06.06.1999. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.08.1999. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.04.2000. “Surxon” – “Navbahor” – 3:3
30.09.2000. “Navbahor” – “Surxon” – 5:0
23.06.2001. “Surxon” – “Navbahor” – 0:3
31.07.2001. “Navbahor” – “Surxon” – 7:1
28.04.2002. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.10.2002. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.05.2003. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
13.09.2003. “Navbahor” – “Surxon” – 2:1
15.03.2004. “Navbahor” – “Surxon” – 6:0
05.11.2004. “Surxon” – “Navbahor” – 0:4
21.04.2019. “Navbahor” – “Surxon” – 3:0
19.10.2019. “Surxon” – “Navbahor” – 0:0.
19.08.2020. “Surxon” – “Navbahor” – 1:1
20.11.2020. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
12.05.2021. “Navbahor” – “Surxon” – 2:0
03.10.2021. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0.
10.03.2022. “Surxon” – “Navbahor” – 1:2.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 11 avgust kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 20:00 da start oladi.

Bo‘lajak o‘yinda “Navbahor”ning yoqimli an’anasi davom etishi hamda “lochinlar”ga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:16, 10.08.2022.
O'qildi: 1505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.