Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

O‘FAda FIFA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FAda FIFA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida FIFA koordinatorlari Andrey Vashkevich va Lorenso Fofi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zbek futbolini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Xususan, terma jamoalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, bo‘lajak musobaqalar va oldindagi rejalar haqida fikr almashildi.

“O‘zbekiston yosh iqtidorli futbolchilarga juda boy, ular uchun o‘z mahoratini ro‘yobga chiqarish borasida zamonaviy futbol infratuzilmasi zarur. Biz futbolchilarni tizimli ravishda milliy terma jamoalarga tayyorlash uchun erkaklar, ayollar, futzal, sohil futboli jamoalari sonini 19 taga yetkazdik. Agar ilgari yosh terma jamoalar chet ellik tengdoshlari bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida juda kam ishtirok etishgan bo‘lsa, endi ular doimiy ravishda xalqaro turnirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda va bu ularga xalqaro tajriba to‘plashga imkon yaratyapti” dedi Ravshan Irmatov.

Suhbat davomida O‘zbekiston terma jamoalari uchun qurilayotgan “Do‘stlik” bazasining qurilish-rekonstruksiya jarayoni, markazdan o‘rin olgan obektlar, jumladan, mashg‘ulot maydonchasi va stadion loyihasining texnik-tashkliy jarayonlari borasida fikr almashildi. Ushbu loyihalarga oid asosiy rejalar muhokama qilinib, obektda 2 ta gibrid va 2 ta sun’iy qoplamali futbol maydonlari barpo qilinishi bo‘yicha fikr almashildi.

FIFA vakillari amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, rejalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:02, 10.08.2022.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.