"Tottenxem" futbolchisi jamoani tark etishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, "shporlar" ustozi Antonio Konte uchun ortiq Davinson Sanchesning yordami kerak emas. Kolumbiya terma jamoasi a’zosi 5 yildan beri London klubi sharafini himoya qilib keladi.
U uchun "Milan" qiziqish bildirmoqda. 26 yoshli himoyachi 2025 yilga qadar shartnomaga ega. Sanches avgust oxiriga qadar jamoadan ketishi aytilgan.