"Valensiya" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo bu yozda ispan klubiga o‘tmasligini aytdi.
"Men Artur bilan shartnoma imzolashni istardim, albatta u menga yoqadi - lekin biz uni qo‘lga kirita olmaymiz, narxi juda yuqori.
Buni muhokama qilishning ma’nosi yo‘q, biz Artur bilan shartnoma imzolay olmaymiz", - dedi Gattuzo.
Qayd etilishicha, Niko "Valensiya"ning yangi o‘yinchisi sifatida yaqin orada e’lon qilinadi, "Barselona" bilan barchasi kelishilgan.