"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaning bosniyalik yarim himoyachisi Miralem Pyanich yangi mavsumda jamoada qolishini tasdiqladi.
"Miralem Pyanichning o‘yini menga yoqdi, u biz bilan qoladi. Mavsum uzoq davom etadi, bizga tajribali futbolchilar kerak. Pyanichda ajoyib o‘yin va ulkan tajriba bor", - deya Xavidan iqtibos keltirgan Mundo Deportivo.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Pyanichning katalon klubi bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.