Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Anvar Berdiyev: "Birinchi bo‘limda jamoamni tanimadim"

Anvar Berdiyev: "Birinchi bo‘limda jamoamni tanimadim"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Turon” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiyev ishtirok etdi.

— O‘yinga kelsak, “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.  Biz kutgan narsa yana sodir bo‘ldi. Mashg‘ulotlarda standart vaziyatlarga ko‘p e’tibor bergandik. Baribir standartdan gol o‘tkazib yubordik. Bu o‘yinni ko‘rib, tahlil qilamiz. Keyingi o‘yinimiz Kubok bahsida yana “Andijon”ga qarshi. Pro ligada hali hech narsa aniq bo‘lgani yo‘q. Hayot davom etadi. Ushbu uchrashuvni chuqur tahlil qilib, keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz.

— “Turon” oldingi uchrashuvlarda yaxshi natijalar qayd etayotgandi. Lekin bugun “Andijon” bilan o‘yinda jamoa o‘ziga o‘xshamadi. Nima yetishmadi? Yoki jamoangizni bori shumi?
—  Futbolda har doim ham siz o‘ylagan narsa bo‘lmaydi. Balki futbolchilarimiz o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rganidan o‘yinimiz chiqmagandir. O‘zim ham birinchi bo‘limda jamoamni tanimadim. Goldan keyin ikkinchi bo‘limda jamoamiz biroz o‘z o‘yinini namoyish etishni boshladi. Oxirgi daqiqalarda hisobni tenglashtirish uchun vaziyatlar bo‘ldi. Humoyun Murtazoyev va Aziz Ibragimov vaziyatdan foydalanganida balki durang bo‘lishi ham mumkin edi. Yigitlar bilan gaplashamiz. Yana qaytaraman: bu o‘yinni ko‘rib, tahlil qilib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

— Asosiy hujumchi Humoyun Murtazoyev “yo‘qolib” qoldi. Bunga sabab nima?
— Bunday deb o‘ylamagan bo‘lardim. “Andijon”ning himoya chizig‘i ancha shakllangan, yaxshi futbolchilardan iborat. Murtazoyevga ham qiyin bo‘ldi. Shunga qaramasdan o‘ziga imkoniyat yaratdi. Yodingizda bo‘lsa, birinchi davradagi o‘yinda ham Murtazoyevda ajoyib imkoniyat bo‘lgandi, ammo gol urolmagandi. Bugun ham imkoniyat yaratdi, ammo foydalana olmadi. Hujumchi qachon ko‘rinadi? Qachonki, gol ursa. Gol urmasa, maydonda ko‘rinmaydi.

— Birinchi davrada “Andijon” standart vaziyatdan foydalanib g‘alaba qozongandi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Aynan shu narsa ustida “Turon”da ish olib borilmadimi?
— Men bunday deb aytmagan bo‘lardim. Bunday vaziyatlarga ko‘p e’tibor berib, mashg‘ulotlarda ham ishladik. Xohlaymizmi-yo‘qmi, futbolchilarni o‘sha daqiqalardagi harakati ko‘p narsani hal qiladi. Gol o‘tkazilgan vaziyatda futbolchimiz Mamatkazin bilan oxirigacha kurash olib bormadi. U to‘pni tashlab berdi, “Andijon” jamoasi gol urib ketdi. Hamma narsani maydonda futbolchilar hal qilishadi. Bitta vaziyat golga aylantirildi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:23, 13.08.2022.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик