"Bayer" darvozaboni Andrey Lunyov jarohati sabab mavsumning 1,5 oyini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Leverkuzen klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lunyov Bundesliga doirasida "Augsburg"ga qarshi o‘yinda sonidan jarohat oldi. “Dorishunoslar” uchrashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Eslatib o‘tamiz, Lunyov "Augsburg"ga qarshi o‘yinda jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushgandi, chunki Leverkuzenning asosiy posboni Lukash Gradeski diskvalifikasiya qilgan.