Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

APLda eng ko‘p maosh beruvchi klublar bilan tanishing. Ular orasida yangi autsayder ham bor

APLda eng ko‘p maosh beruvchi klublar bilan tanishing. Ular orasida yangi autsayder ham bor

Baho:
+-1 | -

 Athletics nashri liganing oltita eng yirik klubi ma’lumotlarini tahlil qildi va ular futbolchilar uchun yiliga qancha maosh berishini hisoblab chiqishdi. Quyida Angliya Premyer ligasi vakillari yiliga futbolchilari uchun qancha pul berishlarini ko‘rib chiqamiz.

6. "Tottenxem"

205 million funt - bu klub hozirda barcha futbolchilarning maoshi uchun shuncha pul sarflaydi. O‘yin sifati va futbolchilar darajasini hisobga olganda, London klubidan o‘rnak olsa bo‘ladi. Bu mavsum klub kuchli 3likdan joy olish uchun jiddiy “bel bog‘lagan”. Keyn va Son kabi futbolchisi bor jamoa uchun maosh 200 million yevrodan oshishi normal holat. Konte va Tuxel jangi endi liga turnir jadvalida ham davom etdi.

5. “Arsenal”

"Arsenal" o‘zining Shimoliy Londondagi qo‘shnisidan maosh berishda o‘zib ketdi, hozirda 244 million funt sterling futbolchilarga tarqatilmoqda. Maosh oluvchilar ro‘yxatida Pepening borligi ham bu borada katta rol o‘ynaydi. U jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriligi aniq. Har xolda “Arsenal” mavsum oradig‘ida nafaqat pul ishlatishda, balki o‘yinida ham katta progressga erishdi.  

4. “Liverpul”

Mersisaydliklar 300 million funt sterlingdan ko‘proq maosh berishadi: Yurgen Klopp jamoasida futbolchilar 314 million funt sterling miqdorida maosh olishadi. Albatta jamoaning yuqori o‘rinlar uchun doimiy kurashda bo‘lishi va yulduzli tarkibi bilan solishtirganda nisbatan kamroq pul beriladi. Ammo jamoada hech qachon pul borasida norozilik bo‘lmagan.   

3. "Manchester Yunayted"

"Manchester Yunayted" 323 million funt sterlingni maoshlarga ishlatishadi. Uning asosiy qismi 7-raqamli futbolchiga ketishini barcha bilsa kerak. Haliyam Pogba ketdi. Bo‘lmasa raqamlar yanada kattaroq bo‘lar edi. 323 million funt sterling APL “autsayder”i uchun katta pul!

2. “Chelsi”

Taxminan “qizil iblislar”ga qaraganda 20 million funt ko‘p maosh beradigan “Chelsi” 2-o‘rinda: klub maosh uchun 343 million funt sarflaydi. Kechagi “ishkal”dan keyin Tuxel yana bir nechta futbolchi xarid qilib qolsa ajabmas. Bu esa maoshlarga ketadigan pulni yanada ko‘paytiradi.

1. “Manchester Siti”

Pep Gvardiola jamoasi futbolchilarga eng ko‘p maosh to‘laydi, maoshga ketadigan pul esa 355 million funt sterlingdan oshadi. Shayxlarga pulni bunday ishlatish yarashaveradi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 12:46, 16.08.2022.
O'qildi: 7908 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.